Britaniya Kengashi mamnuniyat ila IELTS Coach uchun tanlov tashkil etadi. Biz bilan IELTS imtihoniga ro‘yxatdan o‘tgan har bir kishi ushbu aksiyada ishtirok etishi va IELTS ballini oshirish uchun mo'ljallangan kurs uchun 3 oylik 10 ta dars kreditini yutib olishi mumkin.

IELTS Coach - bu onlayn, 1:1 va guruh darslari bilan to'liq moslashtirilgan tayyorgarlik kursi. Bu orqali siz:

  • 24/7 mavjud bo'lgan kurs bilan o'zingizga qulay tezlikda tayyorlaning.
  • IELTS Academic yoki General training uchun tayyorlaning.
  • Testning barcha bo'limlari uchun test bilan bog'liq ko'nikmalarni yaxshilang: listening, reading, writing va speaking.
  • Test haqida ko'proq ma'lumotga ega bo'ling: Test formati va turli savollar turlari haqida bilib oling.
  • Yaxshiroq natijaga erishishga yordam beradigan samarali test strategiyalari, foydali maslahatlar va usullar bilan bilimingizni rivojlantiring.
  • O'zingiz uchun eng yaxshi IELTS kursini tanlang. Dars jadvalingizni, o'qituvchingizni hamda dars turini o'zingiz belgilang.
  • IELTSga tayyorlaning va imtihon kunida o'zingizda hotirjamlik va ishonchni his eting.

10 ta kredit taklifi bilan nima olasiz:

  • Mutaxassisdan shaxsiy tahlil olish (2 kredit)
  • Guruh va shaxsiy darslarni tanlash:
  • 55 daqiqalik guruh darsi / 1 kredit
  • 25 daqiqalik shaxsiy dars / 2 kredit
  • Live25 o'qituvchi boshchiligidagi grammatika va lug'at veb-seminarlari (cheksiz kirish)
  • 3 oylik foydalanish huquqi

IELTS Coach kursi haqida koʻproq maʼlumot olish uchun ushbu veb-sahifaga tashrif buyuring.

Ishtirok etish uchun nima qilish kerak?

Tanlovda qatnashish uchun siz ikkita oddiy qadamni bajarishingiz kerak:

  1. 2024-yil 15-yanvardan 29-fevralgacha 2024-yil 29-fevraldan keyingi istalgan imtihon sanasi uchun Britaniya Kengashida roʻyxatdan oʻting va toʻlovni amalga oshiring. Ushbu kursdan samarali foydalanish uchun IELTS imtihonidan oldin yetarlicha vaqt qoldirishni tavsiya qilamiz.
  2. IELTS roʻyxatdan oʻtish raqamingizni ushbu forma orqali yuboring.

Arizalar 2024-yil 29-fevral soat 23:59 gacha qabul qilinadi. G‘oliblar (25) tasodifiy tarzda tanlanadi va 2024-yil 4-mart kuni e’lon qilinadi.

IELTS uchun ro'yxatdan o'tishga tayyormisiz?

Barcha shaharlardagi imtihon sanalari bilan tanishing va hoziroq imtihon uchun ro'yxatdan o'ting!