Creative Central Asia Bishkek Forum 2021
Creative Central Asia 2021

Britaniya Kengashi tomonidan 2017 yilda asos solingan Creative Central Asia (Ijodiy Markaziy Osiyo - IMO) qator konferentsiyalar to’plami ijodiy va madaniy iqtisodiyotga o’z e'tiborini qaratib, Buyuk Britaniya va Markaziy Osiyo mamlakatlari o'rtasida yetakchilik muloqotining yangi bosqichiga asos soldi. Ushbu loyiha har yili Markaziy Osiyo mamlakatlarida Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O'zbekistonda o'tkaziladigan bir qator xalqaro tadbirlar orqali nufuzli va serg'ayrat rahbarlar tarmog'ini yaratishni oldiga maqsad qilib qo’ydi.

IMO maqsadlari: 

  • ijodiy iqtisodiyotni rivojlantirish va Markaziy Osiyodagi huquq faollari (davlat organlari va idoralari) va xususiy biznes bilan aloqalarni o'rnatish va ularga mintaqadagi ijodiy iqtisodiyotning imkoniyatlarini ko'rsatish;
  • individual dasturlashning yangi turlarini joriy etish va raqamli hamjamiyatni rivojlantirish;
  • Buyuk Britaniya sektori bilan yaqindan ishlash hamda yangi salohiyatli hamkorlik va aloqa o’rnatish, bilim va amaliyot almashish;
  • ijodiy iqtisodiyot to'g'risida xabardorlikni oshirish va mintaqadagi eng yaxshi muvaffaqiyat hikoyalari bilan o’rtoqlashish.

IMO (Bishkek forumi) ning to'rtinchi nashri 2021 yil mart oyida onlayn tarzda bo'lib o'tadi (quyida keltirilgan dasturga qarang) va Britaniya Kengashi tomonidan qo'llab-quvvatlanadigan “ololo” kompaniyalar guruhi (Qirg'iziston) bilan hamkorlikda Creative Central Asia Network (CCAN) tomonidan tashkil etiladi.

Sana Mavzu Obuna bo'lish
2 mart Creative Central Asia Network ning ishga tushishi Bu yerdan ro’yxatdan o’ting 
9 mart Ijodiy industriyalar tasnifi Bu yerdan ro’yxatdan o’ting
16 mart Kelajak ta’lim va ko’nikmalari  Bu yerdan ro’yxatdan o’ting
23 mart Ijodiy va madaniy sanoatning muvaffaqiyatli modellari va keyslarini o'rganish Bu yerdan ro’yxatdan o’ting
30 mart Mintaqada ijodiy iqtisodiyotni rivojlantirish faoliyatining huquqiy asoslari Bu yerdan ro’yxatdan o’ting

Shu kungacha bo’lib o’tgan tadbirlar haqida to’liq ma’lumotni quyidagi havoladan topasiz:

2021 yil UNESCO tomonidan “Xalqaro barqaror taraqqiyot yo’lidagi ijodiy iqtisodiyot” yili deb e'lon qilindi. Muhokamalar va taqdimotlar quyidagi Barqaror taraqqiyyot maqsadlari (SDG) mavzulari:

  • 5 maqsad: Gender tenglikni ta’minlab, barcha ayol va qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish
  • 8 maqsad: Keng qamrovli va barqaror iqtisodiy o’sish hamda aholining to’laqonli unumdor bandligi va munosib mehnat qilish imkoniyatlarini ta’minlash
  • 12 maqsad: Oqilona istemol qilish va ishlab chiqarish modellariga o’tishni ta’minlash
  • 13 maqsad: Iqlim o’zgarishi va uning oqibatlariga qarshi kurash bo’yicha tezkor choralarni ko’rish
  • 17 maqsad: Barqaror taraqqiyot yo’lidagi xalqaro hamkorlikni jadallashtirish

In this section