Britaniya Kengashi san'at va madaniyat, ta'lim va ingliz tili orqali Buyuk Britaniya va boshqa mamlakatlardagi insonlar o'rtasida munosabatlar, hamjihatlik va ishonchni o'rnatadi.
Biz yoshlarga o'zlarining potensiallariga erishish, kuchli jamiyatga qo'shilishlari uchun kerakli bo'lgan ko'nikmalar, ishonch va aloqalar o'rnatishlariga yordam beramiz. Biz ularga ingliz tilini o'rganish, sifatli bilim olish va xalqaro yuqori qadrlanadigan ko'nikmalarga ega bo'lishlariga ko'maklashamiz. Bizning san'at va madaniyat yo'nalishidagi faoliyatimiz ijodiy ifodalash hamda ijodiy tashabbuskorlikni rivojlantirish va rag'batlantirishga imkon beradi.