Crafting Futures - Britaniya Kengashining kelajak hunarmandchiligi, amaliyotlar va soha mutaxassislarini qo’llab-quvvatlovchi uch yillik global dasturidir.

Dastur iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy sohalarda hamkorlik loyihalar orqali amalga oshiriladi

  • Iqtisodiy sohada: tarmoqning iqtisodiy o’sishi bilan bir qatorda ko’nikmalar va innovaciyalarni takomillashtirish;
  • Ijtimoiy sohada: hunarmandchilikning mohiyatini va sohadagi tajribani oshirish
  • Madaniy sohada: hunarmandchilik amaliyoti va an’analarini asrab-avaylash va rivojlantirish, hamda yosh avlodning ulardan foydalanishini, rivojlantirishini va innovaciyalarni davom ettirishlarini ta’minlash.

Crafting Futures dasturi yangi hamkorlar va bozorlarga chiqish bilan bir qatorda jamiyatda hunarmandchilik qadri haqida ko’proq tushuncha yaratish va ijodiy amaliyot sifatini yaxshilash orqali madaniy o’ziga xoslikni mustahkamlashga qaratilgan. Dastur ishlab chiqarilgan ishlarni kuchaytirishda yordam beradi va odamlarga hunarmandchilik amaliyotini o’rganish, o’qitish va rivojlantirish kabi imkoniyatlarni oshiradi. Crafting Futures dasturi orqali biz Buyuk Britanija va mahalliy  tashkilotlar, hamko’rlar o’rtasida madaniyatlararo almashinuv va rivojlanish uchun imkoniyat yaratish orqali ushbu maqsadlarga erishishga intilamiz. Ushbu dastur tomonidan qo’llab-quvvatlanadigan loyihalar hunarmandchilikning kelajagi jahon hamjamiyatining umumiy vazifasi ekanligini namoyish etadi.

Ayni vaqtda dastur mintaqada O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Ozarbayjon, Armaniston va Gruziyada faoliyat ko’rsatmoqda.

 

In this section