O’qituvchi sifatida o’z ko’nikmalaringizni o’stiring va o’qituvchilar uchun kasbiy rivojlanish haqida ko’proq bilib oling.

MAZKUR O’QUV KURSIDA ISHTIROK ETISH ORQALI SIZ QUYIDAGILARNI O’RGANASIZ:

  • qanday qilib o’z kasbingiz bo’yicha rivojlana olishingiz
  • qanday qilib fikr yuritish ko’nikmalarini rivojlantirish
  • qanday qilib auditoriyadagi ish-tajribangizni yaxshilash
  • qanday qilib boshqa o’qituvchilar bilan kasb doirasida aloqalar o’rnatish va ularning tajribalaridan o’rganish.

O’quv kursi Britaniya Kengashining butun dunyo bo’yicha o’qituvchilarni tayyorlash va rivojlantirish bo’yicha ko’p yillik tajribasiga tayanadi. U dunyoning eng yuqori obro’li, ta’lim sohasida tadqiqotlar instituti hisoblanmish, UCL Institute of Education bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan.  

“Samaraliroq o’qituvchi bo’lish: Kasbiy rivojlanish yo’llarini o’rganish” kursi g’oyat moslashuvchan bo’lib, u olti hafta davom etadi va haftasiga atigi uch soatgina vaqtingizni oladi, shu sababdan siz o’zingizga qulay bo’lgan paytda undan foydalanishingiz mumkin.

Bu, shuningdek, hozirgacha MOOC dasturida ishtirok etmagan o’qituvchilar uchun ajoyib, birinchi o’quv kursi bo’lib ham xizmat qiladi (MOOC nima ekani va u qanday amal qilishi to’g’risida bilib oling).