Ushbu bepul onlayn kurs butun dunyo bo'ylab ingliz tili o'qituvchilariga mo'ljallangan. Bu sizning doimiy kasbiy rivojlanish (CPD) uchun zarur bo'lgan ko'nikma va amaliyotlarni rivojlantirishga yordam beradi.

Ushbu kursda to'rta ta’lim amaliyotini o’rganishinhiz mumkin:

  • AKT integratsiyasi
  • 21-asr ko'nikmalarini targ'ib qilish
  • ko'p tilli yondashuvlardan foydalanish
  • ta'lim siyosati va amaliyotini tushunish

Ushbu kurs Britaniya Kengashining dunyo bo'ylab o'qituvchilar tayyorlash va rivojlantirish bo'yicha ko'p yillik tajribasiga asoslanadi. Kurs boshlang'ich, o'rta va undan yuqori darajadagi ingliz tili o'qituvchilari uchun foydali bo'ladi.

Kurs juda qulay bo’lib, to'rt hafta davomida haftada atigi ikki soat vaqtni oladi, shuning uchun siz xohlagan vaqtda kirib o’qishingiz mumkin. Siz hozirdan kursning so'nggi kunigacha ro'yxatdan o'tishingiz mumkin.

Ushbu bepul onlayn kurs "Muvaffaqiyat uchun o’qitish: Ingliz tilini o'qitish amaliyoti" dasturining bir qismidir. Dasturda siz Britaniya Kengashining o'qituvchilar malakasini oshirish doirasidagi (CPD) 12 ta professional amaliyot haqida ko'proq ma'lumotga ega bo'lasiz.