Agar siz bugungi tez sur'atlar bilan rivojlanayotgan global iqtisodiyotda ilgarilab ketishni istasangiz, u holda ingliz tili juda muhimdir. Va biz ish joyida ingliz tilidan foydalanish umumiy, so'zlashuv ingliz tilidan farq qilishini bilganimiz uchun, ushbu bepul kurs sizning ish faoliyatingizni hisobga olgan holda maxsus ishlab chiqilgan.

Ushbu bepul kurs ingliz tilini o'rganayotgan hamda yaxshi ishga joylashish maqsadida ingliz tili ko’nikmalarini rivojlantirishga qiziqayotgan kishilar uchun juda mos keladi. Bu, shuningdek, xizmat darajasining dastlabki onlaridan o'zlarining til bilish ko’nikmalarini yaxshilashga intilayotgan yosh mutaxassislar uchun ham mos keladi.

HAR HAFTA, BIZ ISH JOYIDA QO’LLASH UCHUN INGLIZ TILINI O’RGANISHGA OID MUHIM JIHATLARGA E’TIBORNI JAMLAYMIZ. SIZ QUYIDAGI VAZIYATLARDAGI VIDEOLAVHALARNI TOMOSHA QILISH VA AUDIO TOVUSHLARNI TINGLASH IMKONIGA EGA BO’LASIZ:

  • Ish qidirish va ishga hujjat topshirish
  • Suhbatga tayyorlanish
  • Suhbatdan o’tish
  • Yangi ish joyida faoliyatlarini boshlash
  • Va yangi hamkasblar bilan ishlash.

Qisqa nazorat savollari va munozaralar ingliz tilini tushunishingizni baholash va uni amalda qo'llashingizda yordam beradi.

Ish joyida qo’llash uchun ingliz tilini o’rganish o’quv kursi g’oyat moslashuvchan bo’lib, u to’rt hafta davom etadi va haftasiga atigi ikki soatgacha vaqtingizni oladi, shu sababdan siz o’zingizga qulay bo’lgan paytda undan foydalanishingiz mumkin. Ushbu kursga hozirdan boshlab, uning eng so’nggi kunigacha yozilishingiz mumkin.