Erta bolalikdan ingliz tilini o’rganish: Tilni o’rganish va rivojlantirish 

Ushbu bepul onlayn o’quv kursi sizga yosh bolalarning, hanuz o'z ona tillarini o'rganishlari asnosida, ingliz tilini qo'shimcha til sifatida o'rganishning eng yaxshi yo’lini aniqlashga yordam beradi.

Ushbu kursda qatnashish orqali siz bolalar qanday qilib va nima uchun o'yin orqali eng yaxshi o'rganishlarini, shuningdek ota-onalar va amaliyotchilar bolalarga o'qib-o’rganish tajribasidan samarali foydalanishlariga imkon berish uchun nima qilishlarini bilib olasiz.

BRITANIYA KENGASHI MURABBIYLARI, SIZ QUYIDAGILARNI O’RGANISHINGIZ UCHUN, O’Z MULOHAZA VA TAJRIBALARI BILAN O’RTOQLASHADILAR:

  • O’z farzandlaringiz bilan so’zlashishning eng munosib yo’li
  • Ularga ingliz tilini qo’shimcha til sifatida o’rganishlari uchun qanday qilib eng qulay muhitni yaratish
  • Va ularning tilni o’zlashtirishlarini kuzatib borishning eng samarali usuli nima ekanligi.

Sizda bolalarning o’sib-ulg’ayishi va erta bolalikdan ingliz tilini o'rganishlari bo'yicha munozaralarga qo'shilish imkoniyati mavjud bo’ladiki, unda tajribali murabbiylarimiz bilan jonli muloqotga kirishisha olasiz. Bu yerda siz o'z fikrlaringiz, g'oyalaringiz va savollaringizni boshqa ishtirokchilar bilan baham ko'rishingiz mumkin.

Erta bolalikdan ingliz tilini o’rganish o’quv kursi g’oyat moslashuvchan bo’lib, u olti hafta davom etadi va haftasiga atigi ikki soatgacha vaqtingizni oladi, shu sababdan siz o’zingizga qulay bo’lgan paytda undan foydalanishingiz mumkin. Ushbu kursga hozirdan boshlab, uning eng so’nggi kunigacha yozilishingiz mumkin.