Ushbu kurs ingliz tilini o'rganayotgan va Britaniya madaniyati haqida ko'proq bilishga va ingliz tilini bilish ko’nikmalarini takomillashtirishga intilayotgan kishilar uchun mo'ljallangan.

Kurs qisqa videolardan foydalanib, shu jumladan ingliz tilini global til sifatida, atrof-muhit, tadbirkorlik va adabiyot kabi, turli mavzularni har hafta taqdim etib boradi. Buyuk Britaniyada tasvirga olingan ushbu videosuratlarda o’z ona tilisi bo’lmish, ingliz tilida so'zlashuvchi kishilarning misollarini tomosha qilar ekansiz, bu sizga tinglash qobiliyatingizning rivojlanishiga yordam beradi. Bizning tajribali murabbiyimiz videolarda ishlatilgan tilga oid ayrim jumlalarni tahlil qilib, sizning e'tiboringizni og'zaki va yozma ingliz tilini yaxshilashga yordam beradigan foydali jihatlarga qaratadi.

Britaniya Kengashining tillarni o'rganishdagi yuqori sifatli yondashuviga asoslanib, ushbu kurs sizga quyidagi imkoniyatlarni beradi:

  • Internet orqali o'z mahoratingizni mashq qilish
  • Butun dunyo bo'ylab odamlar bilan muloqot qilish
  • Ingliz tilini yaxshilash, hamda
  • Britaniya madaniyati haqidagi tushunchangizni rivojlantirish.

Bizning “Ingliz tili haqida ko’proq bilim olish: Til va madaniyat” deb nomlangan kursimiz juda keng qamrovli bo'lib, olti hafta davom etadi, lekin shu bilan birga u nihoyatda moslashuvchan va haftasiga atigi ikki soat vaqtingizni oladi, shuning uchun siz xohlagan vaqtda mashq qilishingiz mumkin.