Hozirgi kunda ishlatiladigan 1000 dan ortiq inglizcha so'z va iboralarni Shekspir ixtiro qilganligini bilasizmi?

Ushbu bepul onlayn kurs bizni Uilyam Shekspirning tug'ilish joyidan, ya’ni Stratford-Apon-Eyvondan Londonning Globus teatrigacha bo'lgan hayoti va asarlari bilan tanishtiradi.

Biz butun dunyo aktyorlari va mutaxassislari yordamida Shekspirning beshta pyesasini ko'rib chiqamiz. Ular Shekspirning asarlaridagi umumbashariy mavzularini o'rganib, tushuntirib beradilar. Asarlar:

  • Romeo va Julietta
  • Hamlet
  • Yo’q joydan chiqqan g’avg’o
  • Bo’ron 
  • Makbet

Bizning video o'qituvchimiz sizni dars davomida yo'naltiradi va Shekspirning ingliz tiliga kiritgan ba'zi so'zlari va iboralari bilan tanightiradi. Siz o’rganganingizni/yangi bilimingizni qisqa viktorinalar orqali tekshirishingiz mumkin va shuningdek, Shekspir ko'targan mavzular bo'yicha fikr va mulohazalaringizni baham ko'rishingiz mumkin 

Ingliz tilini o'rganish: Shekspir kursi juda qulay va haftasiga bor-yo’g’i ikki soat vaqtingizni oladi, shuning uchun siz xohlagan vaqtda kursda ishtirok etishingiz mumkin. Siz hozirdan kursning so'nggi kuniga qadar ro'yxatdan o'tishingiz mumkin.