Keng ko’lamli ochiq onlayn kurs (MOOC) – bu turli xil fanlarni o'rganishni qo'llab-quvvatlovchi bepul onlyan o’quv kursi bo’lib, undan kompyuter va Internetga ega bo'lgan barcha foydalana oladi. MOOCning maqsadi butun dunyo bo'ylab ta’lim oluvchilarni murabbiylar va bir-birlari bilan o’zaro bog'lashga qaratilgan.
Britaniya Kengashining MOOC kurslari FutureLearn deb nomlangan, masofadan turib ta’lim berish va Internet orqali o'qitish bo’yicha 40 yildan ziyod tajribaga ega bo'lgan Open University (Ochiq Universitet)ga tegishli, Buyuk Britaniyaning ijtimoiy ta'lim platformasidan joy olgan.
Biz turli mavzularga yo’naltirilgan MOOClarning ro'yxatini taklif etamiz. Britaniya Kengashi "IELTSni tushunish" MOOC kurslari dunyo miqyosidagi eng katta MOOC sifatida rekord qo'ygan bo’lib, uning amalga kiritilganidan beri 440 000 dan ziyod ta’lim oluvchilar u taklif etgan kurslarda ishtirok etgan.
Biz shu paytgacha MOOC kurslarini dunyo bo'ylab 1,4 milliondan ortiq ta’lim oluvchilar uchun taqdim etdik.