Ushbu bepul onlayn o’quv kursi sizga xizmat darajangizdagi birinchi vazifa yoki dastlabki bosqichlariga tayyorgarlik ko'rishga yordam beradi. Ishga kirishish yoki yangi ishni boshlash juda ko'p savollar tug’diradi, shu sabab, biz sizni ushbu dastlabki hafta va oylarda yo'naltirish uchun mazkur o’quv kursini ishlab chiqdik.

Talabalar, bitiruvchilar, ishga qaytayotganlar yoki o'z ko’nikmalarini oshirishni istaganlar uchun juda mos bo'lgan ushbu bepul onlayn kurs, sizga ishonchli muloqot qilish va munosabatlarni o’rnatish ko'nikmalari va usullarini taqdim etadi. Shuningdek, u sizga o'zingizni qanday muvaffaqiyatli boshqarish hamda jahonda ish o’rningizni topishingizda muvaffaqiyatga erishish uchun zarur bo'lgan ko'nikmalar haqida tasavvur hosil qildiradi.

Britaniya Kengashi va Sheffild universiteti tomonidan birgalikda ishlab chiqilgan ushbu kurs o’z e’tiborini, butun dunyo bo'ylab ish beruvchilar yangi xodimlardan talab etadigan asosiy ko'nikmalarga qaratadi. Siz quyidagilarni o'rganasiz:

  • madaniyatlararo samarali muloqot qilish
  • yangi muhitga moslashish
  • hamkasblar bilan aloqalarni o’rnatish va qo’llab-quvvatlash.

Kurs o'zida nihoyatda faol ishtirok etilishini nazarda tutadi va o'qish uchun maqolalar, tomosha qilish uchun videolavhalar hamda ish joyiga kirishda o'zingizni ishonch bilan his qilishga yordam beruvchi maslahatlarni mujassam etgan, interfaol materiallarni o'z ichiga oladi.

“Umumjahon darajasida ish o’rnini topishda muvaffaqiyat qozonish” deb nomlangan kurs g’oyat moslashuvchan bo’lib, u to’rt hafta davom etadi va haftasiga atigi uch soatgacha vaqtingizni oladi, shu sababdan siz o’zingizga qulay bo’lgan paytda undan foydalanishingiz mumkin. Ushbu kursga hozirdan boshlab, uning eng so’nggi kunigacha yozilishingiz mumkin.