Siyosat tuzish orqali o'zgarishlarga yetaklash  

Siyosatning o'zgarishi milliardlab odamlarning hayotiga ta'sir qilishi mumkin. Agar siz jahon bo’ylab jamiyatlarimizni o'zgartirish, odamlar hayotini yaxshilash va dunyoga ta'sirimizga xissa qo’shish uchun siyosat ishlab chiqqaningizda nima qilardingiz? Siyosat tuzish orqali o'zgarishlarga yetaklash dasturi sizga yaxshiroq dunyo uchun g'oyalaringizni haqiqatga aylantirishga yordam beradi.

Ushbu onlayn kurs to'rt hafta davom etib, loyiha o'zlarini kelajakdagi yetakchilar sifatida ko'radigan yoshlarga qaratilgan. Kurs davomida siz butun dunyo bo'ylab o'zgarishlarni yaratadigan global siyosat bo'yicha mutaxassislar va rahbarlardan o'rganasiz. Siz Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Buyuk Britaniya Lordlar Palatasidagi mehmonlarning ma'ruzalarini tinglaysiz va o'zingizning siyosiy harakatlar rejangizni qanday yaratishni tushunib olasiz.

Kursni tugatgandan so'ng siz Britaniya Kengashi va Moller Instituti, Cherchill Kolleji, Kembrij universiteti bilan birgalikda bepul sertifikatga ega bo'lasiz.

Kursda qanday ma`lumotlar beriladi?

  • Shijoatni siyosatga aylantirish
  • Mutaxassislardan o'rganish
  • Aql va dalillar
  • Hamkorlik va ta'sir qilish
  • Siyosat harakatlar rejasini tuzish