Tilni o’rganishda uni baholash tobora ahamiyatli bo’lib bormoqda. Shu munosabat bilan, baholash haqida to’liqroq tushuncha hosil qilishingizga ko’maklashish maqsadida, biz mazkur onlayn o’quv kursini ishlab chiqdik. Ushbu kurs o’rta maktab o’qituvchilari, shuningdek baholashni o’tkazish bo’yicha qo’shimcha ma’lumotlar olishdan manfaatdor bo’lganlar uchun mo’ljallangan. 

Ushbu kurs orqali tilni bilishni baholash tamoyillari nimalardan iborat ekanini bilib olasiz. U sizga turli test sinovlarining negizini tashkil etuvchi g’oyalarni tushunishga hamda ularni, qanday qilib, sinf sharoitida tilni bilishni baholash uchun qo’llay olishingizga yordam beradi. 

Test sinovlarini tuzuvchi tajribali mutaxassislar hamda baholash bo’yicha xalqaro ekspertlar boshchiligida siz tilni bilishni va til bilan bog’liq turli ko’nikmalarni baholashda qo’llaniladigan amaliy usullarni o’rganasiz. Bu esa, sizga o’z sinf sharoitingizda baholash o’tkazish uchun zarur bo’ladigan vositalarni aniqlab olsih imkonini beradi. 

Kurs to’rt hafta davom etadi va siz oxirgi kunga qadar ro’yxatdan o’tishingiz va butun kurs davomida foydalaniladigan o’quv materiallarini bemalol olishingiz mumkin.