Ushbu bepul onlayn kurs butun dunyo bo'ylab ingliz tili o'qituvchilariga mo'ljallangan. Bu sizning doimiy kasbiy rivojlanishingiz uchun zarur bo'lgan ko'nikma va amaliyotlarni rivojlantirishga yordam beradi.

Kursning o'zi juda faol bo'lib, o'z tajribangiz va fikrlaringiz bilan bo'lishish uchun imkoniyat yaratadi. O'qituvchi uchun zarur bo'lgan turli xil bilimlarni muhokama qilish paytida siz dunyoning har xil mamlakatlaridagi o'qituvchilar bilan ta'lim yondashuvlaringiz va tajribangizni taqqoslash imkoniyatiga ega bo'lasiz.

Ushbu kursda to'rta ta’lim amaliyotini ko’rishingiz mumkin:

  • O'quvchilarni tushunish
  • Mavzuni bilish
  • Inklyuziv amaliyotdan foydalanish
  • O'rganishni baholash

Mazkur kurs Britaniya Kengashining dunyo bo'ylab o'qituvchilar tayyorlash va rivojlantirish bo'yicha ko'p yillik tajribasiga asoslanadi. Bu boshlang'ich, o'rta va undan yuqori bosqichlardagi ingliz tili o'qituvchilari uchun foydali bo'ladi.

Muvaffaqiyat uchun dars berish: O'rganish va O'quvchilar kursi juda qulay va to'rt hafta davomida haftada atigi ikki soat vaqtni oladi, shuning uchun siz xohlagan vaqtda kirib ‘oqishingiz mumkin. Siz hozirdan boshlab oxirgi kungacha ushbu kursga yozilishingiz mumkin. O'qitish ko'nikmalaringizni rivojlantirishga yordam beradigan bepul onlayn kursni oling.