Muvaffaqiyat uchun o'qitish: Darslar va o’qitish bepul onlayn kurs butun dunyo bo'ylab ingliz tili o'qituvchilariga mo'ljallangan. Bu sizning doimiy kasbiy rivojlanishingiz (CPD) uchun zarur bo'lgan ko'nikma va amaliyotlarni rivojlantirishga yordam beradi.

Kurs boshlang'ich, o'rta yoki undan yuqori darajada dars beruvchi ingliz tili o'qituvchilari uchun foydalidir.

Har hafta kurs muvaffaqiyatli o'qituvchi bo’lishga yordam beradigan professional amaliyotni ko'rib chiqadi.

Haftalik mavzular quyidagilardan iborat:

  • darsni rejalashtirish
  • sinflarni boshqarish
  • sinf resurslari
  • doimiy kasbiy rivojlanish.

Kurs tajribali o'qituvchilar bilan qisqa video-suhbatlar har haftaning asosiy fikrlarini namoyish qilish uchun dunyoning turli burchaklaridagi darslardan olingan filmlar bilan birlashtirilgan.

Ushbu keng qamrovli kurs olti hafta davom etadi, lekin shu bilan birga u juda qulay bo’lib, haftasiga ikki soat vaqtingizni oladi, shuning uchun siz xohlagan vaqtda kirib o’qishingiz mumkin.