O'qitishning yangi ko'nikmalarini va amaliyotini shakllantiring.

Mazkur kurs yordamida ingliz tili o'qituvchilari qiziqarli darsni rejalashtirib, o'quvchilarga o'rgangan narsalarini yodda saqlab qolish uchun  ko’maklashadi. Ushbu kurs orqali siz to'rtta kasbga doir amaliyotni ko'rib chiqib, o'qituvchilik tajribangiz bilan o'rtoqlashasiz.

 

Siz talabalaringizni nimani? tushunishni o'rganib, ular bilan yaxshi munosabatlarni qurasiz. Darslar va kurslarni rejalashtirishda kerak bo'lgan asosiy omillarni, shu jumladan texnologiyalar va flesh-kartalar kabi manbalardan foydalanishni o'rganasiz. Shuningdek, mazkur kurs sizga darsni qanday boshqarishga va o'quvchilaringizni dars jarayonida faol bo’lishga chorlovchi o'qitish usullarini rivojlantirishga o’rgatadi.

Kurs kim uchun mo`ljallangan?

Ushbu kurs butun dunyo bo'ylab boshlang'ich, o'rta yoki yuqori bosqichlarda dars berayotgan ingliz tili o'qituvchilari uchun ishlab chiqilgan.

Qancha vaqt sraflashin kerak bo`ladi?

Kurs juda qulay bo’lib, to'rt hafta davom etadi va haftada bor-yo’g’i ikki soat vaqtingizni oladi. Siz kursga hafta davomida xohlagan vaqtda kirib o‘qishingiz mumkin. Siz hozirdan kursning so'nggi kunigacha ro'yxatdan o'tishingiz mumkin. Ingliz tilida dars berish ko'nikmalaringizni rivojlantiring va samarali darslarni rejalashtirish va o'tkazishni o'rganing.