Ushbu olti haftalik onlayn kurs IELTS imtihonini topshirish haqida o'ylayotganlar uchun tavsiya etiladi, ammo ingliz tilini o'rganayotganlarning barchasi kursda berilgan maslahatlar va tavsiyalardan foyda oladilar.

Kurs IELTS imtihoniga (International English Language Testing System – Xalqaro Ingliz tili sinovi tizimi) o’z e’tiborini jam qiladi. IELTS oliy ta'lim yo’nalishi va global migratsiya uchun dunyodagi eng mashhur ingliz tili imtihoni hisoblanadi. IELTS dunyo bo'ylab 10 000 dan ziyod tashkilotlar tomonidan tan olinadi, ular jumlasiga oliy o’quv yurtlar, ish beruvchilar, immigratsiya idoralari va professional tashkilotlar kiradi. O'tgan yili butun dunyo bo'yicha 2,9 milliondan ziyod  IELTS test-sinovlari topshirildi.

Ushbu kurs IELTS imtihonining har bir bosqichidan – o'qish, yozish, so’zlashish va tinglash bosqichlaridan sizni olib o’tadi. Har bir bosqichda bizning video repetitorimiz va tajribali IELTS murabbiylari jamoasining maslahatlari o’rin olgan. Shuningdek, sizdan tajribangiz, maslahatlaringiz va fikrlaringizni boshqa o'quvchilar bilan baham ko’rishingiz so'raladi.

Kurs oxirida siz:

  • IELTS test-sinovlarining barcha qismlari bilan tanishib olasiz
  • IELTS maqsadlariga erishishda sizga yordam beradigan foydali maslahatlarga ega bo'lasiz
  • IELTS test-sinovlari qanday baholanishini tushunib olasiz
  • Sizning yozma va og'zaki ingliz tilingizni boshqa o'quvchilar tomonidan baholanishi imkoniyatiga ega bo'lasiz. 

Britaniya Kengashi ingliz tilini o'qitish va baholash bo'yicha 80 yildan ortiq tajribaga ega bo’lib, 100 dan ortiq mamlakatlarda IELTS test-sinovlarini o’tkazadi. Kurs nihoyatda keng qamrovli va bir vaqtning o'zida moslashuvchan. U haftasiga ko’pi bilan ikki soat vaqtingizni oladi, shu sababdan siz xohlagan vaqtda mashq qilishingiz mumkin.