Kurs, til o’zi nima va biz yangi tilni qanday qilib ma’noli o'rganishimizga; boshqa tilni o'rganishda nima oson va nima qiyin ekaniga, shuningdek boshqa tillarni o'qitishning eng yaxshi usuli nima ekaniga o’z e’tiborini jamlaydi.
Sautgempton universiteti va Britaniya Kengashi tomonidan ishlab chiqilgan mazkur kursda, o'tgan yili dunyoning turli burchaklaridan 120.000 kishi ishtirok etgan.
Kurs to'rt hafta davomida amalga oshiriladi. U sizni til o'rganish va o'qitish sohasida amalga oshirilayotgan tadqiqot va amaliyotlarga oid so'nggi g'oyalar bilan tanishtiradi.
Siz:
- ikkinchi tilni o'rganish va tilni o'rganish nimani anglatishini bilib olasiz
- til o’rganish sinflarini va o'qitish bizning til o'rganishimizga qanday ta'sir qilishini ko'rib chiqasiz
- o'qitish jarayonida texnologiyalardan foydalanish va ularning afzalliklari va muammolarini o’rganasiz.