Learn English with kids!
Date
chorshanba 06 May 2020 -
17:00 to 17:45

# BritaniyaKengashi bilan uyda qoling dasturimiz doirasida biz sizning farzandlaringiz kelajagi uchun dasturlashning ahamiyatini tushunishga yordam beradigan vebinar tashkil qilamiz. Shuningdek, vebinar sizning bolalaringiz qanday qilib bepul Make Code platformasida  dasturlashni boshlashlari mumkinligini ko'rsatib beradi.

SPIKERLAR HAQIDA

Keti Anri - Shimoliy Amerikadagi Micro: bit Education Foundation kompaniyasining menejeri. Keti litsenziyaga ega maktab direktori va aniq fanlar  bo'yicha sobiq o'qituvchi.  Siz Ketiga Twitterda ham murojaat qilishingiz mumkin: @KatieHenryDays.

Dragutin Chekić - o'qituvchi, murabbiy va ta'lim tizimi bo'yicha maslahatchisi sifatida 20 yillik tajribaga ega. Hozirda u maktab direktori lavozimida ishlamoqda. Uning kasbiy qiziqishlari o'quv dasturlarini isloh qilish, asosiy vakolatlar va ta'limdagi axborot texnologiyalarini o'z ichiga oladi. Chernogoriya, G'arbiy Bolqon va Evropadagi turli xil ta'lim siyosati tashabbuslari va loyihalarida ishtirok  etgan. U Britaniya Kengashining "21-asrning Maktabi" loyihasining bosh murabbiyi bo'lib, u yerda o'rta maktab bitiruvchilarini o'qitish uchun javobgardir.

Adde Ovasapyan - Armanistondagi Britaniya Kengashida ingliz tili va ta'lim bo'yicha loyihalar menejeri. Adde Buyuk Britaniyada CMI tomonidan akkreditatsiyadan o'tgan tajribali ingliz tili o'qituvchisi, murabbiy va menejer. Britaniya Kengashida so'nggi olti yil ichida Adde Armanistonda ingliz tili va ta'lim sohasidagi loyihalarni, jumladan, umumta'lim maktablari uchun Ta'lim markazlari va kodlash mahoratlari loyihalarini, oliy ta'lim sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlarini va ta'lim siyosatini ishlab chiqish ishlarini Armaniston Respublika Ta'lim vazirligi bilan olib boradi.