Til ko'nikmalarini baholash uchun Aptisni tanlang

Aptis kompyuterda o'tkaziladigan imtihon bo'lib, mutaxassislar jamoasi tomonidan baholanadi va aniq, ishonchli natijalar taqdim etadi. 

Aptis imtihoni 85 dan ortiq davlatlarda barcha turdagi tashkilotlar: universitetlar, maktablar va davlat organlari tomonidan qo'llanib boriladi. Natijalar esa ingliz tili darajasini tasdiqlovchi hujjat sifatida butun dunyo bo'yicha vazirliklar, ta'lim tashkilotlari va mahalliy davlat organlari tomonidan tan olinadi.

Qaysi ko'nikmalarni baholashni tanlang

Siz ehtiyojingizga asoslanib bir yoki bir necha til ko'nikmalarini (eshitish, yozish, so'zlashish va o'qish) ni baholashingiz mumkin. Har bir ko'nikma tarkibida grammatika va so'z boyligini tekshirish bo'limi mavjud va bu CEFR darajalari bilan mos ravishda aniq natijalar olishni ta'minlaydi. 

Qachon, qayerda va qanday qilib baholashni tanlang

Aptis-moslashuvchan imtihon bo'lib, sizga mos sana, vaqt va manzil tanlash imkonini beradi. 

Aptisning yana bir qulay jihati-har qanday sondagi nomzodlar uchun ham tashkillashtirish mumkin, ularning darajalaridan qat'iy nazar bir necha manzillarda bir vaqtda o'tkazish imkoni mavjud.  Imtihon jarayonini o'zingiz mustaqil boshqarishingiz yoki bizning professional jamoamizga yuklab, vaqtingizni unumli ishlatishingiz mumkin.  

Biz imkoniyatlari cheklangan nomzodlar uchun maxsus sharoitlar yaratishimiz, misol uchun Brail alifbosidan foydalanish, qo'shimcha vaqt ajratish va boshqa o'zgartirishlarni kiritishimiz mumkin.

48 soat ichida aniq va ishonchli natijalarga ega bo'ling

Muloqot va yozish ko'nikmalari bizning mutaxassislar tomonidan qatiy nazorat va tekshiruv ostida 48 soat ichida xolisona baholanadi.

O'qish, eshitish, grammatika va so'z boyligi ko'nikmalari esa avtomatik ravishda tizim tomonidan baholanadi. 

Tashqi havolalar