Road to IELTS – bu Britaniya Kengashning mashhur onlayn kursi. Bu sizga IELTS imtihoniga eng yaxshi tayyorgarlik ko'rish imkoniyatini beradi. Road to IELTS bilan Siz quyidagilarga ega bo`lasiz:

  • IELTS akademik ham, umumiy ta'lim moduli uchun ham onlayn manbalar
  • Tinglash, O'qish, Yozish va Og'zaki imtihonlarga tayyorlash uchun elektron kitoblar va mashqlar
  • Oldingi nomzodlarning maslahatlari bilan video namunalar
  • Imtihon paytida nima qilish kerakligi va nimadan qochish kerakligi to`g`risida o'qituvchilarning maslahatlari
  • Amaliy imtihonlar
  • "Mening yutuqlarim" bo'limi dunyoning boshqa mamlakatlaridagi o'quvchilarning yutuqlari bilan taqqoslash uchun yaratilgan
  • "Mening profilim" bo'limi imtihon sanasini eslatib turish uchun yaratilgan

Road to IELTS menga qanday yordam beradi?

Road to IELTS ba'zi muhim masalalarda sizga yordam beradi:

  • O'zingizning shaxsiy natijalaringizni kuzatishingiz uchun natijalaringiz haqida tezkor fikr-mulohazalar
  • Xatolaringizni tushunishingiz uchun mashg'ulot mashqlariga to'g'ri javoblardan foydalanish
  • Sinovni yaxshiroq bajarish bo'yicha maslahatlar
  • Ushbu IELTS imtihon topshiriqlariga asoslangan mashqlar sizga imtihon oldidan ishonchni qozonishga yordam beradi

Bizning Road to IELTS resursimiz orqali 10 soatlik bepul treningdan hoziroq foydalanishingiz mumkin.

Biz orqali IELTS imtihoniga ro`yhatdan o`tganingizdan keyin siz 20 soatlik o'quv materiallaridan foydalanishingiz mumkin.

Shuningdek, siz ushbu Road to IELTS: Full version sahifaga o`tib, to`liq versiyasi haqida ko'proq ma'lumot olishingiz mumkin.