IELTS testi natijalarini tezda olish

IELTS imtihon natijasini ko’p kutishingiz shart emas. IELTS qog`oz shaklda topshiradigan imtihon natijasini imtihondan 13 kundan keyin va IELTS komputerda topshiradigan imtihon natijasini imtihondan 3-5 kundan keyin onlayn ro'xatga olish tizimidan ko’rishingiz mumkin bo'ladi. Test natijalari 28 kun davomida onlayn shaxsiy kabinetingizda ko’rishingiz mumkin, ammo lekin rasmiy natija sifatida qo’llanilmasligi kerak. Agarda Siz IELTS for UKVI imtihonini topshirgan bo'lsangiz, natijalar onlayn e'lon qilinmaydi. 

Siz sertifikatni imtihon natijalari chiqadigan 13-kuni (qog'oz shaklda topshiradigan) va 3-5 kuni (kompyuterda topshiradigan) Xalqaro Biznes Markazining qabulxonasida 14.00 dan 17.00 gacha shaxsan olishingiz mumkin. Sertifikat olish uchun sizda asl shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat (pasport) bo'lishi kerak.

Agar Sizda sertifikatni olib ketish imkoniyati bo'lmasa, sizga sertifikat tezkor kuryer xizmati orqali o`zingiz imtihon kuni ko`rsatgan manzilingizga yetti kun ichida yuboriladi. 

Agar siz xech qanday manzilni ko'rsatmagan bo'lsangiz hamda shaxsan kelib sertifikatingizni olib ketmagan bo'lsangiz, sizning sertifikatingiz natijalar e'lon qilinganidan keyin uch oygacha bizning ofisimizda saqlanadi.

Eslatib o'tamiz, imtihon natijalari telefon yoki elektron pochta orqali oshkor qilinmaydi.

Agar siz imtihon sertifikatini yo'qotib qo'ysangiz yoki test natijalarini unutib qo'ysangiz, iltimos, test markaziga murojaat qiling.

Biz sertifikatni siz hujjat topshirayotgan universitetlarga to`g’ridan-to`gri yuboramiz

Muassasalarga sertifikatasl nusxasini yuborish kerak, foto nushalar qabul qilinmaydi.

Biz sertifikatninig beshtagacha  nusxasini siz hujjat topshirayotgan muassasalarga (masalan universitetlar yoki immigratsiya tashkilotlariga) to’g’ridan-to’gri yuboramiz.Agar yuborishimizni hohlasangiz, registratsiya vaqtida tegishli manzillarni kiriting. 

Muassasaning to’liq manzilini berishni unutmang.To`liq manzilsiz biz tashkilotning IELTS Natijasini Verifikatsiya qilish Xizamti (IELTS IELTS Test Verification Service) ga kirishga ruhsati bor-yo’qligini aniqlay olmaymiz. Mazkur tizim natijalarni elektron tarzda ko’rish imkonini beradi. Agar bu xizmat tizimiga kirish imkoniyati bo’lmasa, biz sertifikatni pochta orqali yuboramiz..

IELTS natijangizning qo’shimcha nusxalarini olish

Agar siz biz bepul yuborayotgan beshta nusxasidan tashqari  yana bir nusxa yubormoqchi bo’lsangiz, bitta sertfikat uchun 4 funt miqdorida to’lov amalga oshirishingiz kerak (to`lov O`zbek so`mida to`lanadi va 56,400 so’mni tashkil etadi)

  • Mahalliy pochta orqali eltib berish xizmati bepul. 
  • Mahalliy tezkor pochta orqali eltib berish xizmati 45 GBP va O’zbek so’mida to’lanadi - 634,500 so`m. 
  • Xalqaro tezkor pochta orqali eltib berish xizmati 60 GBP va O’zbek so’mida to’lanadi - 846,000 so`m.

Bizda yana bir yangi xizmat mavjud va unga ko’ra siz Og`zaki Imtihoninggiz (Speaking Interview) kunini o`zgartirishingiz mumkin va xizmat narxi umumiy test to`lovining 25%ni tashkil etadi (to`lov O`zbek so`mida to`lanadi va 465,300 so`mni tashkil etadi).

Agar sizning test markazingiz faoliyat yuritmayotgan bo’lsa, ielts.org orqali buyurtma berishingiz mumkin (https://www.ielts.org/book-a-test/additional-trf-form).

Siz ta`lim muassasasining to`liq manzilini “Extra TRF Request Form” (Qoshimcha sertifikat uchun) formaga yozib, uni to`ldiring. Formaga qo`shimcha tarzda sertifikat va pasport nusxasini info@britishcouncil.uz elektron manziliga yuboring. Biz sertifikatni bevosita muassasaga yuboramiz.

Iltimos yodingizda bo`lsin, qo`shimcha sertifikat uch ish kuni ichida yuboriladi.

Qo`shimcha sertifikat buyurtma qilish 

IELTS natijasini mohiyotini tushunish

Sizga testning har bir qismi uchun 0-9 gacha bal beriladi va bu ballar ingliz tilida til darajangizni aks etadi.

Sizning sertifikatingizda to`rt ko`nikma (Listening,Reading, Writing va Speaking)ning  har biri uchun va umumiy bal beriladi. Siz imtihonning har bir bo`limi uchun  butun ( 5.0, 6.0, 7.0) yoki yarimli ( 5.5, 6.5, 7.5) baho olasiz.

Natijangiz qanday qilib hisoblanishi haqida ko’proq ma’lumot oling.

IELTS natijasining yaroqlilik muddati

Tashkilotlar odatda natijangizning muddati  ikki yildan oshgan bo’lsa qabul qilmaydi, holbuki siz test topshirgandan buyon ingliz tili darajangizni oshirish uchun faol harakat qilganingiz haqida dalil ko’rsata olishingiz kerak. 

Qanday qilib IELTS natijasini qayta tekshirtirishga berish  mumkin

Agar siz kutgan natijangizni olmagan bo’lsangiz, natijani qayta tekshirishga berishingiz mumkin.Bu jarayon EOR (Test natijasini qayta tekshirish) deb ataladi. Siz imtihonning qaysi qismini qayta ko’rib chiqishni tanlab, imtihon topshirgan markazingizga ariza berasiz.

Bu xizmatning narhi 1,198,500 so’mni tashkil etadi va imtihonning biror qismida balda ko’tarilish (o’zgarish) bo’lsa bu to’lov sizga qaytariladi.

Sizning natijangiz odatda 2 kundan 21 kungacha bo’lgan oraliqda, qayta tekshirishga berilgan bo’limlar soniga qarab tayyor bo’ladi. Agar siz 28 kun ichida javobizgizni qabul qilmasangiz, iltimos test markazi bilan bog’laning.  

Enquiry on Results (Test natijasini qayta tekshirib chiqish) formasini yuklab oling (forma) va test markaziga topshiring. Sertifikat va to’lov qog’ozini ham qo’shib topshiring.

Natijani qayta tekshirish jarayoni ikki haftadan to’rt haftagacha davom etadi.

IELTS imtihonini qayta topshirmoqchimisiz?

IELTS imtihonini qayta topshirishga biror cheklov yo’q. Siz qachon imtihonga tayyor bo’lsangiz ro’yhatdan o’tishingiz mumkin.

Yodingizda bo’lsin, imtihon natijasida o’sish imtihonni qayta topshirguncha siz tomondan bilimni oshirish uchun sezilarli say-harakat qilgandagina erilishiladi. Bizning tayyorgarlik materiallarni ko'ring.

  • EOR form (Microsoft Word 69KB)