Professional exams ©

Mat Wright, British Council Photos

Kasb ustasi sifatida o’z sohangizda shuhrat qozonmoqchi bo’lsangiz, biz sizga xalqaro darajada e’tirof etilgan imtihondan o’tishni va o’z kasbiy rivojlanishingizni jadallashtirishga yordam bera olamiz. 

Quyida keltirilgan malakalardan istaganingizga erishish uchun, avvalo, o’zining internet sahifasida tasvirlangan alohida tartibga muvofiq, siz tanlagan professional tashkilotdan ro’yxatdan o’tishingiz kerak bo’ladi. Imtihonlar sanalari odatda tashkilotlar tarafidan bevosita belgilanadi, biz esa ularning O’zbekistondagi imtihon olish markazi sifatida faoliyat yuritamiz.

IMTIHONLAR TO’LOVLARI VA TARTIBOTI 

Biz imtihonlarni boshqarish va yozma imtihon ishlarini kuryer orqali yetkazib berilishi bilan bog’liq xarajatlarni qoplash uchun mahalliy yig’imlar undiramiz. Mazkur yig’imlar, mijozdan imtihon qabul qiluvchi muassasa talablariga qarab, tashkilot yoki nomzodlar tomonidan to’g’ridan-to’g’ri to’lanadi.  

Mahalliy yig’imlar imtihon oluvchilar kengashi, imtihon davomiyligi, bir imtihonda birga to’pshiradigan nomzodlar soni va ayrim hollarda, kengash yig’imlari ulushiga qarab - qachon bu yig’imlar mijoz muassasasiga bizning Markaz tomonidan to’lanishi lozim bo’lsa – o’zgarib turishi mumkin.  

QO’SHIMCHA SHARTLAR

Britaniya Kengashi va imtihon oluvchilar kengashi xizmatlarning uzluksiz ko’rsatilishi uchun barcha mantiqiy choralarni ko’radi. Biroq, bizning nazoratimizdan tashqarida bo’lgan holatlar sababidan yuzaga keladigan har qanday uzilishlar uchun biz javobgar bo’la olmasligimizni tushunasiz degan umiddamiz. Imtihon yoki uning natijalarida uzilish sodir bo’lsa, bekor qilinsa yoki kechiktirilsa, normal xizmat ko’rsatishni imkon qadar tez qayta tiklash uchun barcha choralar ko’riladi. Britaniya Kengashining javobgarligi ro’yxatga olish bo’yicha to’plangan yig’imlarni qaytarib berish yoki kechroq sanalarda testni qayta tashkil etish bilangina chegaralanadi.  

KO’PROQ MA’LUMOT OLISHNI ISTAYSIZMI? 

Yuqorida ko’rsatilgan malakalar va muassasalar ro’yxati tugal emas. Biz har qanday professional muassasa nomidan imtihonlarni o’tkaza olamiz. 

Batafsil ma’lumot uchun, iltimos bizga elektron xat jo’nating yoki +99871 2050660 raqamiga q’ong’iroq qiling, yoki bizni Facebookdan toping.

ACCA

Diplom va guvohnomaga ega hisobchilar uyushmasi (ACCA) o’z tarkibida 170 davlatdan 296.000 talaba va 115.000 a’zosi bo’lgan, ulkan va tezlik bilan rivojlanib borayotgan, xalqaro buxgalterlik hisobi organi sanaladi.   

ACCA butun dunyo bo'ylab buxgalteriya hisobi, moliya va menejment sohasida kasbiy muvaffaqiyatga erishishni istagan tirishqoq, qobiliyatli va orzu-umidlarga ega kishilar uchun birinchi darajali malakalarni taqdim etishni maqsad qilib qo'ygan. ACCA yuqori professional, axloqiy va boshqaruv me’yorlariga erishish va targ’ib qilish hamda jamiyat manfaatlarini ilgari surish uchun o’z faoliyatini olib boradi. ACCA buxgalteriya hisobi va moliya sohasida eng ko’zga ko’rinarli malakalarni taklif etadi. Dastur buxgalteriya va moliya sohasida yuqori malakali mutaxassis darajasiga erishishingiz uchun barcha kerakli narsalarni qamrab oladi.

CFA (Diplomga ega moliyaviy tahlilchi)

CFA® Nizomi – bu jahon investitsiya hamjamiyatida professional mahorat belgisi hisoblanadi. CFA Dasturi sizga dunyodagi barcha bozorlarda dolzarb bo’lgan, investitsiya kiritishning tamoyillari haqida fundamental bilim beradigan ta'lim vazifasini taklif etadi. Ish beruvchilar va investorlar, CFA nizomi portfelni boshqarish va investitsiyalarni tahlil qilish kompetentsiyasi va yaxlitligini o'lchash uchun, aniq standart ekanligini biladilar.

CIMA

Boshqaruv buxgalteriya hisoboti bo’yicha hisobchilarning guvohnomaga ega instituti (CIMA) e’tibori faqatgina biznesga qaratilgan yagona xalqaro buxgalteriya hisobi organi sanaladi.   

U ham xusisiy, ham davlat sektorida biznesda hisobot yuritishga e’tiborini jamlovchi boshqaruv buxgalteriya hisoboti bo’yicha xalqaro e’tirof etilgan malakalarni taklif etuvchi, dunyodagi yetakchi professional institut sanaladi. CIMA 158 mamlakatdan 155.000 a’zo va talabalarning ovozi bo’lib xizmat qiladi va u sanoat tarmoqlarida, tijorat va notijorat tashkilotlarda faoliyat yurituvchi boshqaruv hisobchilariga ta’lim berish va o’qitishga mas’uldir, uning davlat sektoridagi a’zolari soni esa, Birlashgan Qirollikdagi har qanday boshqa organga nisbatan ko’proqdir. 

CIM

CIM (Marketing bo’yicha Qirollik instituti) butun dunyo bo’ylab 50.000 a’zoga ega bo’lgan yetakchi xalqaro professional marketing organi hisoblanadi.