Big Idea Challenge
Big Idea Challenge  ©

British Council

O’zbekistondagi Britaniya Kengashi, O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus Ta’lim Vazirligi hamda London Metropoliten Universiteti hamkorligida “Big Idea Challenge” ko’rik-tanlovini tashkilmoqda. Ushbu ko’rik-tanlovni o’tkazishdan ko’zlangan asosiy maqsad mahalliy oliy ta’lim muassasalari talabalarining Britaniyada tashkil etiladigan innovatsiya va tashabbuskorlik ko’rik-tanlovida ishtirok etish imkoniyatini beradi.

Ko’rik-tanlovning asosiy vazifasi mahalliy oliy ta’lim muassasalari talabalariga chet ellik talabalar qatorida o’z loyihalari bilan ishtirok etish, shu bilan birga innovatsion va tashabbuskorlik bo’yicha nufuzli xalqaro treninglarda qatnashish imkoniyatini beradi. Unda ishtirokchilar innovatsion va barqaror biznes g’oyasini yaratish bo’yicha aniq va innovatsion g’oyalarga ega bo’lgan yoshlarga o’z g’oyalari rivojlantirish va g’oya mahsulotlarini mahalliy bozorga olib chiqish bo’yicha malakali mutaxassislar bilan tajriba almashish imkoniyatini beradi.

Mazkur ko’rik-tanlov "Ijtimoiy sohada innovatsiya" yo’nalishida yangi innovatsion va biznes g’oyalarni qo’llab-quvvatlashga qaratilgan.

Tanlov ishtirokchilari yashab turgan hudud (shahar, tuman, qishloq, mahalla)da jamiyatga fojda keltiradigan innovatsion loyihalar bilan ishtirok etishlari lozim. mamlakatimiz hududi bilan bog’liq bo’lgan masalalar va ehtiyojlarga ijtimoiy, atrof-muhit hamda jamiyatga fojdali bo’lgan g’oyalar orqali o’z echimini topish kerak.

Hozirgi kunda London Metropoliten Universiteti tomonidan tashkil etilgan ushbu loyiha ommalashgan bo’lib, startap va innovatsion loyihalarni qo’llab-quvvatlajdigan yagona dastur sanaladi.  

Ariza topshirishning oxirgi muddati - 2019 yil 1-fevral. Arizalar onlayn ravishda qabul qilinadi 

Ushbu ko’rik-tanlov Britaniya Kengashining “Maxsus maqsadlarga yo’naltirilgan ingliz tili” loyihasi bilan bevosita bog’langan holda tashkil etiladi. "Big Idea Challenge" ko’rik-tanlovi ingliz tilida tashkil etiladi. Mahalliy oliy ta’lim muassasalari talabalari innovatsiya va biznesga oid bilimlarini ingliz tilida muloqolot orqali mustahkamlash imkoniyatiga ega bo’ladilar. 

Big Idea Challenge g'oyangiz quyidagi savollarga javob berish kerak:

  • Sizning g`oyangiz yo`naltirilgan muammo yoki ehtiyojni tasvirlab bering
  • G`oyangiz kimlarga yo`naltirilgan 
  • G`oyangiz moliyaviy qanday o`zini qoplaydi 
  • Sizning taklifingiz boshqa takliflardan nimasi bilan ajralib turadi 

Kim ishtirok eta oladi?

  • yakka shaxs yoki 3 kishidan iborat jamoa bo’lsangiz;
  • ijtimoiy ehtiyojlarga yechim topish orqali biznesga ega bo’lishni xohlasangiz;
  • jamiyat uchun ijobiy ta’sir qiladigan ijtimoiy yangiliklarni olib kirishga tayyor bo’lsangiz;
  • bugungi kunda jamiyat oldida o’z yechimini kutib turgan muammolarni hal qilishning yangicha yo’llarini ochish istagingiz bo’lsa, unda SIz tanlovda sihtirok eta olasiz.

Ko’rik-tanlovni tashkil etishda amalga oshiriladigan ishlar

Ko’rik-tanlovda ishtirok etish bo’yicha murojaat: ko’rik-tanlov haqida ma’lumot 2018 yil 30 sentyabr kuni e’lon qilinadi. Ushbu ko’rik-tanlovda ishtirok etishni istagan mahalliy oliy ta’lim muassasalari o’z ishtiroklari yuzasidan 31 oktyabrgacha murojaat qilishlari shart. Mazkur ko’rik-tanlov haqida innoweek (15-19 oktyabr 2018 yil) doirasida keng ommaga ma’lum qilinishi ko’zda tutilgan.  

Trenerlarni tayyorlash: 2018 yil 16 va 18 oktyabr kunlari mahalliy trenerlarga London Metropoliten Universiteti mutaxassislari tomonidan ko’rik-tanlovning shartlari bo’yicha trening tashkil etiladi. 

Dastlab ikkita oliy ta’lim muassasasi uchun trening: 2018 yil 17 oktyabr kuni London Metropoliten Universiteti mutaxassislari va trenerlar tomonidan ikkita oliy ta’lim muassasida uch soatli trening tashkil etiladi. Har bir trening yakuniga ko’ra  kunning g’olibi aniqlanadi, ammo, bu o’z g’oyalarini to’g’ridan-to’g’ri taqdim etadigan qatnashchilar ishtirokini cheklamaydi.

Ko’rik-tanlovni ommalashtirish: 2018 yilning noyabr ojidan  2019 yilning yanvar  ojigacha mahalliy trenerlar tomonidan ishtirok etadigan oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun treninglar, onlayn sessiya/vebinarlar tashkil etilishi rejalashtirilgan. Ishtirok etishni xohlagan universitetlar talabidan va ishtirokchlar sonidan kelib chiqqan holda ushbu treninglar tashkil etilishi mumkin. 

Ko’rik tanlov ishtirokchlariga qo’yiladigan talablar

  • ko’rik tanlovda O’zbekistondagi barcha mahalliy oliy ta’lim muassasalari ishtirok etishlari mumkin; 
  • jamiyat uchun xizmat qiladigan ijtimoiy yangiliklarni olib kirishga tayyor bir kishilik yoki 3 kishidan tashkil topgan jamoa ko’rik-tanlovida ishtirok etishlari mumkin; 
  • ishtirokchlar o’z loyihasini ingliz tilida topshirishlari va ingliz tilida o’z fikrlarini bayon etishlari shart;
  • treningda qatnashadigan oliy ta’lim muassasalari talabalarning o’zlari yashab turgan hudud (shahar, tuman, qishloq, mahalla)da ijtimoiy ahamiyatga ega innovatsion g’oyalari qo’llab quvvatlanadi;  
  • har bir ishtirokchi 18 yoshdan   30 yoshgacha bo’lishlari shart; 
  • ishtirokchlar O’zbekiston Respublikasi fuqarolar bo’lishlari shart. 

Ko’rik-tanlov bosqichlari

Ko’rik-tanlovning birinchi bosqichi: ko’rik-tanlovga ishtirokchlarning arizalari va loyiha g’oyalari shu yil 1 noyabrdan  – 2019 yilning 1 fevraliga qadar qabul qilinadi. ishtirokchlar o’z loyihalarini onlajn sahifa (sajt havolasi taqdim etiladi) orqali topshirishlari shart.

2019 yil 4 fevralga qadar ishtirokchlar loyihalari ko’rib chiqiladi va saralanadi. tanlab olingan ishtirokchlarni keyingi bosqichga o’tganligi haqida ma’lumot 2019 yil 

6 fevral kuni e’lon qilinadi. 

Ko’rik tanlovning ikkinchi bosqichi: tanlab olingan ishtirokchlar (ko’rik-tanlovda ishtirok etgan har bir oliy ta’lim muassasasidan bittadan loyiha tanlab olinadi) uchun 2019 yil 20 fevral kuni London Metropoliten Universiteti mutaxassislari hamda mahalliy yuqori tajribaga ega ekspetlar tomonidan 8 soatlik “Boottsamp” treningi tashkil etiladi (18–19 fevral kunlari London Metropoliten Universiteti mutaxassislari hamda yuqori malakaga ega mahalliy ekspetlar tomonidan treningga tayyorgarlik ko’rish ishlari amalga oshiriladi).  

2019 yil 21 fevral kuni treningdan so’ng ishtirokchlar tomonidan tayyorlangan loyihalar taqdimoti video tasvirga yozib olinadi.    

Video tasvirga yozib olingan loyihalar taqdimoti hakamlar tomonidan 2019 yil 13 martga qadar tanlab olinadi va keyingi bosqichga tavsiya etiladi;

Ko’rik–tanlovning uchinchi bosqichi: tavsiya etilgan video loyiha taqdimotlari veb sahifaga jojlashtiriladi. Video loyiha taqdimotlar 2019 yil 20 martdan 7 maygacha jamoatchilik etiboriga havola etiladi. Shu davr mobaynida web sahifa orqali jamoatchilik ovoz berish imkoniyatiga ega bo’ladi.  

G’olib va sovrindorlarni aniqlash: hakamlar hay’ati qaroriga ko’ra yagona g’olib jamoa aniqlanadi hamda undan keyingi 5 talik (2 6 o’rinlar) ketma ketligi aniqlanadi. Bundan tashqari eng ko’p jamoatchilik ovozini to’plagan video taqdimot “jamoatchilik ovozi g’olibi” nominatsiyasini qo’lga kiritadi, ammo bu hakamlar hay’atining yakuniy xulosasi ta’sir qilmaydi. 

Hakamlar hay’ati

Hakamlar hay’ati ko’rik tanlov tashkilotchilari, o’z biznesiga ega va startap g’oyalarini moliyalashtirishga ko’mak beradigan tadbirkorlardan iborat quyidagi a'zolardan tashkil topadi: 

  • Oliy va O’rta Maxsus Ta’lim Vazirligi vakillar; 
  • O’zbekistondagi o’z tadbirkorligiga ega bo’lgan subyektlar;  
  • Ko’rik tanlovga jalb qilingan O’zbekiston oliy ta’lim muassasalari trener va innovatsion ekspertlari;
  • Mustaqil ekspetrlar;
  • London Metropoliten Universiteti xodimlari.

Xalqaro hakamlar hay’ati video konferentsiya orqali g’oliblarni aniqlashda ishtirok etadilar.

Ko’rik tanlov g’oliblari va taqdirlash

Hakamlar hay’ati qaroriga ko’ra o’z g’oyasini barqaror biznesga aylantirish imkoniyatiga ega bo’lgan jamoa ko’rik tanlovning asosiy g’olibi deb e’lon qilinadi. Mavjud bozorda o’z o’rniga ega bo’lishi imkoniyati yuqori bo’lgan loyihalar asosiy g’olib jamoadan keyingi beshlikni tashkil etadi. Jamoatchilik tomonidan web sahifada ovoz berish orqali eng ko’p ovoz to’plagan jamoa “jamoatchilik ovozi g’olibi” nominatsiyasini qo’lga kiritadi. 

Ko’rik tanlovning “Boottsamp” bosqichiga saralab olingan jamoa azolariga  va finalistlar ishtirok etganligini tasdiqlovchi sertifikat beriladi.Final bosqichda g’olib bo’lgan jamolarga sertifikatlar beriladi.

Hakamlar hay’ati tomonidan aniqlangan yagona g’olib jamoa 2019 yil 9 may kuni Londonda bo’lib o’tadigan taqdirlash marosimida onlayn ravishda orqali/yoki bir vakil tomonidan ishtirok etish imkoniyatiga ega bo’ladi, hamda 2019 yilning iyul oyida London Metropoliten Universiteti bo’lib o’tadigan bir haftalik - “launch pad” treningida ishtirok etish imkoniyatini qo’lga kiritadi.