Live sessions for teachers 

Britaniya Kengashi A. Avloni nomidagi xalq ta'limi muammolarini o'rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti bilan birgalikda  Online Teacher Community (O'qituvchilarning onlayn hamjamiyati) platformasida ingliz tili o'qituvchilarining malakasini oshirish bo’yicha yangi loyihasini ishga tushirdi. Ushbu loyiha Future English loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda. Loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirishini ta’minash maqsadida Britaniya Kengashi O'qituvchilarning onlayn hamjamiyatiga fasilitatorlar sifatida  qo’shilishni hohlovchi davlat maktablaridagi ingliz tili mutaxassislarini qidirmoqda. Fasilitatorlarning vazifalari haqida batafsil ma`lumot 'Downloads' bo`limda o’qishingiz mumkin.

Loyihada ishtirok etishni hohlovchi nomzodlar 2021 yil 10-avgustgacha onlayn ariza shaklini to'ldirishlari tavsiya qilinadi.

Qo'shimcha ma'lumot uchun Sadokat Khodjayeva bilan va Mahpirat Abdullayeva bilan elektron manzili orqali bog'lanishingiz mumkin.