"Muvaffaqiyatga erishish uchun ta’lim" – bu ta'lim tizimlarida o'qitish va o'rganish sifatini oshirishga xizmat qiladigan integratsiyalashgan yondashuv. 

Hukumatlar, o'quv yurtlari va xalqaro agentliklar o'qituvchilarning doimiy kasbiy rivojlanishiga yordam bermoqdalar. Ta'lim tizimida o'qitish va o'rganish sifatini oshirishga sizga yordam beradigan "Muvaffaqiyatga erishish uchun ta'lim" dasturini ishlab chiqdik.

"Muvaffaqiyatga erishish uchun ta'lim" dasturi va biz sizga qanday yordam berishimiz mumkinligi haqida ko'proq bilish uchun o'qishda davom eting.

O'QITUVCHILAR UCHUN YANGI DOIMIY KASBIY RIVOJLANISH (DKR) ASOSLARI

Samarali doimiy kasbiy rivojlanish "Muvaffaqiyatga erishish uchun ta'lim" dasturining asosidir. Bizning yondashuvimiz moslashuvchan bo’lib, u hukumatning aniq talablariga va o'qituvchilarning sinf ishlari bilan bog’liq ehtiyojlariga javob beradi.

Dunyodagi barcha o'qituvchilar, o'zlarining amaliyotlari va o'quvchilarining muvaffaqiyat qozonishlariga xizmat qiladigan yuqori sifatli, doimiy kasbiy rivojlanish imkoniyatlariga ega bo'lishlari kerak.

O’QITUVCHILAR VA USTOZ O’QITUVCHILAR UCHUN BEPUL MANBALARNI YUKLAB OLING

"Muvaffaqiyatga erishish uchun ta’lim" dasturi o'qituvchilar va ustoz o'qituvchilar uchun barcha imkoniyatlarni to’laligicha o'zida mujassam etadi, bular – rasmiy o'qituvchilar tayyorlash va malaka oshirish kurslari, o’zga o’qituvchilar bilan hamjihatlik o’rnatish, amaliyotchilar jamoasida ishlash va boshqa DKRga doir norasmiy tadbirlardan iborat. Bularning barchasini, sizning muayyan ehtiyojlaringizni qondirish uchun, birgalikda tadbiq etish mumkin. Ko'proq ma'lumot oling va bepul manbalarni yuklab oling.

BARCHA FANLAR BO’YICHA O'QITUVCHILAR UCHUN RIVOJLANISH IMKONIYATI

"Muvaffaqiyatga erishish uchun ta’lim" dasturi o'quv rejasiga kiritilgan barcha fanlar o'qituvchilari uchun dolzarb bo'lib, o'qituvchilar va ularning shart-sharoitlariga mos keladigan usullarni o'z ichiga oladi. Unda ingliz tilini o'qitishga alohida e'tibor qaratilgan. Ushbu dastur o'qituvchilar malakasini oshirishda va kasbiy rivojlantirishda yuqori sifatni ta’minlovchi manbalarni, xususan, ingliz tili o'qituvchilari uchun ham taklif etadi.

TA'LIM TIZIMLARI, O'QITUVCHILAR VA O'QUVCHILAR UCHUN FOYDALI TOMONLARI

"Muvaffaqiyatga erishish uchun ta’lim" dasturi ta'lim tizimingizni yaxshilaydi, uni yanada zamonaviy va samaraliroq qiladi. Bizning o’quv va tayyorlov mashg’ulotlarimiz o'qituvchilarga sinf ishlarini yaxshiroq olib borishga va o'z o'quvchilaridan yuqoriroq natijalarga erishishga yordam beradi. Bu o'qituvchilarni o’z kasbiy rivojlanishlariga o’zlari mas’ul ekanliklarini his etishga yordam beradi. 

TAJRIBA VA MALAKA

Bizning yondashuvimiz Britaniya Kengashining xalqaro tajribasi va hukumatlarga ta'lim tizimida o'qitish va o’rganish sifatini yaxshilashga yordam berish yo’lidagi ko'p yillik tajribasiga tayanadi.

External links