IELTS o'qituvchilari uchun bepul CELTA dasturi va sertifikati

Buyuk Britaniyada CELTA bepul treyningini yutib oling

O'zbekistonda IELTS imtihoniga tayyorgarlik ko'rishda yordam beradigan o’qituvchilarning kasbiy rivojlanishini qo'llab-quvvatlash uchun biz British Study Centres bilan hamkorlikda yangi o'quv tashabbusini boshlamoqdamiz. Ushbu tashabbus o’qituvchilarga o'zlarining amaliyotlarini takomillashtirish va ko'plab tayyorlov materiallaridan foydalanish imkoniyatini berib, IELTS imtihoni topshiruvchilarga kerakli ballarni olishga va o'z orzulariga erishishga yordam beradi.

Bu qanday tashabbus?

2019 yil 22-dekabrdan 2020-yil 30-aprelgacha bo'lib o'tadigan sessiyalarda qatnashish uchun 15 dan ortiq IELTS imtihoniga ro'yxatdan o'tgan nomzodlarni olib kelgan dastlabki 20 ta o'qituvchilar, Britaniya Kengashining O’zbekistondagi Vakolatxonasi tomonidan taqdim etiladigan O'qituvchilar malakasini oshirish dasturida qatnashish huquqiga ega bo'ladilar. Shuni yodda tutingki, dastlabki 20 ta g'oliblar, agar bir nechta  qatnashuvchilarda  IELTS imtihoniga ro'yxatdan o'tgan talabgorlarning soni bir xil bo'lsa, “birinchi kelganga  birinchi xizmat ko’rsatiladi” qoidasi asosida tanlanadi. Nomzodlarning yakuniy soni bizning onlayn ro'yxatga o’tish tizimimizda imtihon to’lovi tasdiqlangan nomzodlar ro'yxatiga asoslanadi.

Eng ko’p nomzodlarni olib keladigan o'qituvchi bepul CELTA treyningi va hamkorimiz Buyuk Britaniyadagi British Study Centres tomonidan taqdim etiladigan sertifikatga egalik qilish imkoniyatini qo’lga kiritadi. Buyuk Britaniyaga viza, Toshkent-London-Toshkent aviachiptasi va Buyuk Britaniyada yotoqxona xarajatlari O'zbekistonning Britaniya Kengashi tomonidan qoplanadi.

Eslatma: Tanlov q’olibi CELTA sertifikatini olish uchun, o’quv dasturida ko’rsatilgan talablarga to’liq mos kelgandan so’ng beriladi.

  • Ingliz tilini mukammal bilish (CEFR darajasi C1 yoki undan yuqori)
  • Oliy ma'lumot olish uchun zarur bo'lgan standartlarga muvofiq ravishda o'qitilgan
  • 18 yoshdan yuqori

Agar g'olib Cambridge English talablariga javob bermasa, unga British Study Centres birida CAE kursi taklif etiladi.

Qanday qatnashish mumkin?

 Tanlovda qatnashish shartlari:

  • 18 yosh va undan katta
  • O'zbekistonning doimiy rezidenti bo'lish
  • rasmiy ish holatidan qat'iy nazar IELTS o'qituvchisi bo'lish (siz freelancer bo'lishingiz yoki davlat yoki xususiy o'quv muassasasida ishlashingiz mumkin).

Eslatib o’tamiz, IELTS imtihoniga Britaniya Kengashining hamkorlari ro'yxatidan o'tkazgan nomzodlari ushbu tanlovda hisobga olinmaydi.

Ishtirok etish uchun, barcha nomzodlar tasdiqlanganidan keyin ushbu onlayn ro'yxatdan o'tish formasini to'ldiring. Qo'shimcha ma'lumotlar uchun biz bilan bog'laning.

Share this