Equal Opportunity and Diversity image
Equal Opportunity and Diversity image

Britaniya Kengashi Buyuk Britaniya va boshqa mamlakatlar aholisi o'rtasida hamkorlik qilish uchun imkoniyat yaratadi va butun dunyo bo'ylab ular o'rtasida ishonchni kuchaytiradi. Bizning faoliyatimiz har xil kelib chiqishi va madaniyati bo'lgan odamlar bilan munosabatlarni rivojlantirishni o'z ichiga oladi. Madaniy xilma-xillik va teng imkoniyatlarni oldiga surish bo'yicha samarali ish bizning ishimizning ajralmas qismi hisoblanadi.

Madaniy xilma-xillik tan olinmasa va qadrlanmasa, imkoniyatlar tengligi bo’lmaydi. Teng imkoniyatlar, madaniy xilma-xillik hamda bizning siyosatimizning ettita yo'nalishi haqida bilib oling.

Teng imkoniyatlar siyosati

Teng imkoniyatlar siyosati

Teng imkoniyatlar siyosati odamlarga nisbatan adolatli va xolis munosabat deb hisoblanadi. Ish joyida va jamiyatda madaniy xilma-xillik va o'z-o'zini hurmat qilish uchun bag'rikenglikni rivojlantirishga sharoit yaratish bizning maqsadimizdir. Bizning siyosatimiz oldin bo’lgan kamsitishlarni o'rnini qoplashdir. Shuningdek, ushbu siyosatimiz hamkorlarimiz bilan ishlashimiz konstruktiv bo’lishiga, barcha shaxsiy farqlar va o'xshashliklarni qo'llab-quvvatlashiga, hamda asossiz kamsitishlarga yo'l qo'ymasligiga kafolatdir.

Madaniy xilma-xillik

Madaniy xilma-xillik tashkilotga, hodimlarga va hamkorlarga foyda keltiradigan inklyuziv muhit va tadbirlarni yaratish bilan bog’liqdir.  Biz odamlar bir-biridan farq qilishini hisobga olamiz. Ushbu farqlarni tushunish ko'proq jalb qilinishga va natijada shaxs, jamoa va tashkilot darajasida muvaffaqiyatga olib kelishi mumkinligiga ishonamiz.

Asosiy yo’nalishlar

Teng imkoniyatlar siyosati va madaniy xilma-xillik yettita asosiy yo'nalishlarni qamrab oladi:

  • Yosh
  • Cheklangan mehnat qobiliyat
  • Millat
  • Jins
  • Din
  • Jinsiy yo'nalish
  • Ish va shaxsiy hayot muvozanati

Biz tenglik va madaniy xilma-xillik g'oyalarini targ’ib qilish uchun bir qator ta'sis hujjatlar ishlab chiqdik va taraqqiyotimizni o'lchash uchun turli xil vositalardan foydalanamiz. Biz har qanday yonalishda kamsitilishni oldini olishning eng yaxshi usuli bu kompaniyaning hayotini barcha sohalariga madaniy xilma-xillikni kiritish, hamda qarorlarni qabul qilish jarayonida va rejalashtirishning barcha bosqichlarida uni hisobga olish kerak deb o’ylaymiz.