Ingliz tilida so'zlashuvchi mamlakatda o'qish, ishlash yoki yashashni xohlashingizdan qat'i nazar, IELTS butun dunyo bo'ylab 13 500 dan ortiq tashkilotlar tomonidan tan olinadi.
Yetakchi tilni baholash bo'yicha ekspertlar tomonidan ishlab chiqilgan IELTS testi sizning ingliz tilidagi o'qish, yozish, tinglab tushunish va gapirish ko'nikmalaringizni baholaydi. U sizning ingliz tilida so'zlashuvchi muhitda o'qish, ishlash va yashash uchun ingliz tilidan foydalanish qobiliyatingizni aniq aks ettiradi.
Ehtiyojlaringizga mos keladigan to'g'ri testni tanlashdan tortib, o'zingizga yaqin test sanasi va joyini topishgacha - O'zbekistonda IELTS testiga ro'yxatdan o'tish (band qilish) uchun kerak bo'lgan barcha ma'lumotlarni quyida topasiz.
Testdan maksimal darajada foydalanish va kerakli ballni olish uchun keng ko'lamli bepul tayyorgarlik materiallarimizdan foydalaning.
Agar biz bilan hamkorlik qilishni istasangiz, qanday qilib British Council IELTS hamkori bo'lish haqida bilib oling.
Agar qidirayotgan narsangizni topa olmasangiz, ko'p beriladigan savollar (FAQ) bo'limimizni ko'rishingiz yoki biz bilan bog'lanishingiz mumkin.