Britaniya Kengashi Buyuk Britaniyaning madaniyat va ta’lim sohasidagi xalqaro tashkilotidir. Biz Buyuk Britaniya va butun dunyo mamlakatlari aholisi o‘rtasida aloqalar, o‘zaro anglashuv va ishonchni o‘rnatish orqali tinchlik va farovonlikni qo‘llab-quvvatlaymiz.
Buyuk Britaniyaning barcha to‘rtta tarkibiy qismi aholisi va boshqa mamlakatlar o‘rtasida ushbu muhim aloqalarni o‘rnatish barchaga manfaat keltiradi. Bu butun dunyodagi insonlar va tashkilotlarni Buyuk Britaniyaga tashrif buyurishga, o‘qishga va hamkorlik qilishga undaydi, mamlakatning global nufuzi va ta’sirini mustahkamlaydi hamda iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantiradi.
Buyuk Britaniyaning san’at, madaniyat, ta’lim va ingliz tili sohasidagi tajribasini bizning global ishtirokimiz va tengsiz tarmoqlarimiz bilan birlashtirib, biz imkoniyatlarni yuzaga chiqaramiz va insonlar hayotini o‘zgartiramiz. Biz san’atkorlarga o‘ziga xos ovozlarini ulashishda yordam beramiz. Biz o‘qituvchilarga kelajak avlodlarni shakllantirish uchun vositalar taqdim etamiz. Biz yoshlarga o‘z iqtidorlarini namoyon etishlari uchun ishonch baxsh etamiz.
Biz hukumatlar hamda ta’lim, ingliz tili va madaniyat sohalaridagi hamkorlarimiz bilan yanada ulkan natijalarga erishish va butun dunyo bo‘ylab millionlab insonlarga manfaat keltirish uchun ishlaymiz. Ushbu munosabatlarning negizida yillar davomida shakllanadigan va mushtarak tajribalar orqali mustahkamlanadigan ishonch yotadi.
Biz 150 dan ortiq mamlakatlarda odamlar bilan ishlaymiz va 700 milliondan ortiq insonlarni qamrab olamiz.
1934 yilda asos solingan tashkilotimiz Qirollik Xartiyasi tomonidan boshqariladigan Buyuk Britaniya xayriya muassasasi va hukumatdan mustaqil ravishda ish yurituvchi davlat tashkilotidir.
Daromadimizning asosiy qismi hamkorlik shartnomalari, kelishuvlar, ta’lim berish, imtihonlar o‘tkazish va homiylik mablag‘laridan keladi. Shuningdek, biz Buyuk Britaniya hukumatidan maqsadli subsidiyalar olamiz.
Qariyb bir asr davomida bizning vazifamiz insonlar chegaralar osha muloqot qiladigan hamda ishonch barqaror o‘zgarishlar poydevori bo‘ladigan dunyoni barpo etishdan iborat bo‘lib kelmoqda. Imkoniyatlar cheksiz bo‘lgan dunyoni.