O'zingizni ko'rsatishga tayyormisiz? IELTS imtihonini topshirganmisiz yoki endi tayyorgarlik ko‘rayapsizmi – baribir ushbu tanlovda qatnashishingiz mumkin! #MyIELTSUZ

#MyIELTSUZ nima?

#MyIELTSUZ – bu British Council Uzbekistan tomonidan boshlangan ijodiy ijtimoiy media kampaniyasi bo‘lib, sizning IELTS bilan bo‘lgan tajribangizni nishonlaydi. Biz sizning hikoyalaringizni eshitishni xohlaymiz – bu qiziqarli videolar, vloglar, montajlar yoki samimiy izohlar bo‘lishi mumkin. Imtihondan oldingi asabiylikmi yoki xorijda o‘qish orzusimi – har bir hikoyada yulduz bor!

Qanday qatnashish mumkin?

Hali imtihonni topshirgan bo‘lsangiz ham, hali boshlamagan bo‘lsangiz ham – barchaga ochiq!
 1. IELTS bilan bog‘liq tayyorgarligingiz, tajribangiz, orzularingiz yoki maqsadlaringiz haqida qiziqarli, ilhomlantiruvchi yoki kulgili video yarating.
G‘oyalar:

  • IELTS haqida kulgili video
  • Tayyorlanish jarayoningizdan montaj
  • “Before and After” videosi (masalan, IELTS 5dan 6gacha bo‘lgan yo‘l)
  • Samimiy izoh yoki vlog
  • IELTS talabasi sifatida kun tartibi
  • Yoki IELTS bilan bog‘liq boshqa kreativ kontent

2. Videoni Instagram’ga 2025-yil 10-iyulgacha joylang.

3. @uzbritish sahifasini belgilab, #MyIELTSUZ heshtegini ishlating.

4. Videongizni ko‘rishimiz uchun profilingiz ommaviy (public) holatda bo‘lishi kerak.

Nima yutib olish mumkin?

  1. Eng kreativ 5ta video 2025-yil 15-iyul kuni British Council jamoasi tomonidan tanlab olinadi.
  2. G‘oliblarga hamkorlarimizdan IELTS imtihoni uchun bepul kupon beriladi.
  3. Har hafta “Haftaning videosi” tanlab olinadi – g‘oliblar British Council sovg‘a to‘plami va IELTS jamoasi bilan to‘liq video yozish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
  4. Barcha kreativ videolar rasmiy Instagram va Telegram kanallarimizga qo'yiladi. 

Ilhom kerakmi?

Instagram’da @uzbritish sahifasini kuzating – haqiqiy ishtirokchilar, foydali maslahatlar va ijodiy g‘oyalar bilan bo‘lishamiz. Balki keyingi yulduz – siz bo‘larsiz!

O'zingizni ko'rsatishga tayyormisiz?

#MyIELTSUZ bilan qiziqarli video yozing va so'vrinlarga ega bo'ling!

Video rejalashtirishda yordam kerakmi yoki savollaringiz bormi?
Instagram, Telegram orqali yozing yoki British Council ofisiga tashrif buyuring.

Omad tilaymiz!