By Alina Promska

02 July 2021 - 12:30

IELTS testi ingliz tilini bilish darajangizni rasmiy tasdiqlash usullaridan biri bo'lib, ish, o'qish va ijtimoiy imkoniyatlar eshigini ochadi.

Shu bilan bir qatorda, testning to'rttala (o'qish, tiglash, yozish va og'zaki ko'nikmalar) qismini ham birdek yaxshi bajarish va berilgan turli xil vazifalarni bajarish juda ko'p mashq va tayyorgarlikni talab etadi.

Kutib oling, IELTS Global mutaxassisi Alina Promska IELTS topshirish uchun kerakli bo'lgan tavsiya va maslahatlari bilan o'rtoqlashadi. Imtihonga kirishdan oldin ushbu ma'lumotlar bilan tanishib chiqishingizni maslahat beramiz.

Tinglash

IELTS imtihoni ushbu ko'nikma testi bilan boshlanadi. Birinchi bo'limni muvaffaqiyatli boshlash o'ta muhimdir. 30-35 daqiqa davom etadigan ushbu test 4ta qismdan iborat bo'lib jami 40 ta savolga javob berishingiz lozimdir.

  1. Kompyuter varianti testnini boshlashdan avval berilgan quloqchinlar yaxshi ishlayotganligiga ishonch hosil qiling, aks holda yordamga chaqiring. Shrift hajmini va ekran rangini o'zgartirishingiz ham mumkin.
  2. Qog'oz variantidagi IELTS testini topshirayotganingizda audio matnlar yaxshi eshitilmasa, albatta mutaxassis yordamini so'rang. Testni muvaffaqiyatli topshirishingiz uchun audio matnlarni muammosiz tinglash o’ta muhimdir.
  3. Ko'rsatmalarni diqqat bilan o'qing va muhim ma'lumotlar ostiga chizib oling. Savollardagi kalit so'zlarning ostiga chizib qo’ying.
  4. Aldanib qolmang. Audiodagi diktorlar savollarda ko'rib turgan ayni so'z va so'z birikmalaridan foydalanmasligi ham mumkin.
  5. Tinglash paytida doim qayd qilib boring; bo'sh tashlab ketgan javoblarni to'ldirish uchun ularni ishlatishingiz mumkin. Kompyuter variantli testda esa ekranda yozuvlar qoldirishingiz mumkin.
  6. Har bir so'zni tushunishga harakat qilmang; javoblarni topishga e'tiboringizni qarating.
  7. Javob yangragan bo'lsa ham tinglashda davom eting, chunki audiodagi diktorlar javoblarini o'zgartirib qolishi ham mumkin.
  8. Audio matn faqat bir marta eshittirilishini unutmang. Agar javobni o'tkazib yuborsangiz, to'htab qolmang. Tezda keyingi savolga o'ting.
  9. Har bir savolga to'liq javob berishga intiling. Noto'g'ri javob uchun balingiz pasaytirilmaydi.
  10. Testning qog'oz variantida sizga beriladiga 10 daqiqadan unumli foydalaning- javoblarni javob varaqasiga hatosiz ko'chiring. Yodingizda tuting, testning kompyuter variantida sizga javoblarni ko'chirish uchun vaqt berilmaydi.
  11. Barcha javoblarni istasangiz bosh harflarda yozing.
  12. Javoblarning grammatik va imlo hatolaridan holi ekanligiga ishonch hosil qiling.

O'qish

Bu bo'limda sizga 40 ta savoldan iborat 3 ta matnga 60 daqiqa vaqt ajratiladi.

  1. Berilgan ko'rstamalarni sinchiklab o'qing. Qancha so'z yozishingiz mumkinligiga e'tibor qarating.
  2. Birinchi o'qish uchun ko'p vaqt sarflamang. Matn mantiqini va ma'nosini anglab olish uchun ko'z yugirtirib chiqishingiz kifoya.
  3. Berilgan savoldagi kalit jumla yoki so'zlarning ostiga chizib chiqing. Ushbu chizilgan va belgilab olingan so'zlarning sinonim va ma'nodosh so'zlarini va iboralarini endi matndan topishga harakat qiling (ushbu so'zlar aynan qaytarilishi yoki sinonim va ma'nodosh so'zlar orqali berilishi mumkinligiga e'tibor bering).
  4. Vaqtdan unumli foydalaning. Sizga 40 ta savol uchun 60 daqiqa vaqt ajratiladi (bu degani, har bir savol uchun 2 daqiqa atrofida vaqtingiz bor). Har bir matn uchun 15 daqiqa vaqt ajratish ustida mashq qiling. 
  5. Test so'nggida javoblaringiz to'g'ri yozilganligiga ishonch hosil qilish uchun ham vaqt ajrating.
  6. Javobini topa olmagan savol ustida ko'p vaqt sarflamang. Bu savolga kechroq qaytsa ham bo'ladi.
  7. Sizga javoblarni ko'chirib olishingiz uchun qo'shimcha vaqt berilmaydi. Tinglash testidan farqli o'laroq, ushbu testda javobni topishingiz bilanoq javob varaqasiga zudlik bilan ko'chirib olishni unutmang. 
  8. Kompyuter variantida esa matnda kelgan javobni nusxa ko'chirib javob varaqasiga joylashtirishingiz mumkinligini yodda tuting.
  9. Savolga javobni topa olmagan taqdirda ham, barcha savollarga to'liq javob berishga intiling.
  10. Barcha javoblarni istasangiz bosh harflarda yozing.
  11. Javoblarning grammatik va imlo hatolardan holi ekanligiga ishonch hosil qiling va otlarning ko'plik shakliga va fe'llarning to'g'ri shakllariga e'tibor qarating.

Yozish 

Bu bo'limda sizga 2 ta inshoni yozish uchun 60 daqiqa vaqt ajratiladi.

  1. Savol varaqasini qayd qilish maqsadida ishlatishingiz mumkin.
  2. Ekran qarshisida turgan orqaga yuruvchi soatdan chalg'imasslik maqsadida berkitib qo'yishingiz ham mumkin.
  3. Agar yozgan javoblaringizni behosdan o'chirib tashlagan bo'lsangiz havotir olmang. Ctrl+Z orqali ortga qaytarishingiz mumkin.
  4. Berilgan ko'rsatmani obdon o'qib chiqib, kalit so'zlar yoki iboralarni tagiga chizib chiqing. Inshoda qanday ma'lumotni ishlatishingiz va savol(lar)ga qanday javob berishingiz lozimligini tahlil qilib oling.
  5. Task 1 insho uchun 20 daqiqadan ortiq vaqt sarflamang. Task 2 inshoga kattaroq bal berilishini inobatga olsak, unga alohida e'tibor berishni unutmang.
  6. Task 1 da kamida 150 ta so'z va Task 2 uchun esa 250 so'z yozishingiz kerak bo'ladi. So'zlarning kamligi balingizga salbiy ta'sir qilishi mumkin. Inshoda nechta so’z yozganingizni tez sanashni o'rganmoqchimisiz? U holda bir qatorda yozilgan so'zlar sonini barcha qatorlar soniga ko'paytiring va o'rtacha umumiy son kelib chiqadi.
  7. Xatboshi (paragraph) larni aniq ajratib yozing.
  8. Inshoni yozishda matnning rasmiy ekanligiga va uslubiga katta ahamiyat bering.
  9. Savollarga javobni fikrlar yordamida paragrafda ifoda qiling, alohida qismlarda emas.
  10. Faqat o'rinli ma'lumotlardan foydalaning. Agar ma'lumot mavzuga aloqador bo'lmasa ishlatishdan saqlaning.
  11. Ishingizni topshirishdan oldin grammatik, imlo va orfografik hatolardan holi ekanligiga ishonch hosil qiling.

So'zlashuv

Va nihoyat testing ohirgi bandiga ham yetib keldik: imtihon oluvchi bilan yuzma-yuz suhbat.  11 va 14 daqiqa davom etadigan bu test uch qismadan iboratdir.

  1. Savollarga ravon va tabiiy javob berishga harakat qiling.
  2. Qisqa javoblar berishdan va oldindan yod olingan matnlarni ishlatishdan saqlaning. Imtihon oluvchi shaxslar mutaxassislar bo'lib, oldindan yod olingan matn va javoblarni tez payqaydi va bu balingizga salbiy ta'sir qilishi mumkin.
  3. Testning ikkinchi qismida sizga beriladigan 1 daqiqadan unumli foydalaning. Sizga beriladigan varaqaga qaydlar qiling va oldindan nima demoqchi bo'lganingizni rejalashtiring.
  4. Mavzuga aloqador tajribangiz bo'lmasa xavotirlanmang. Javobga ijodiy yondashing! Javobingizdagi dalillar nazorat qilinmaydi.
  5. Berilgan savolni takrorlamang. To'g'ri javobga o'ting!
  6. So'z yodingizdan chiqsa uni eslashga harakat qilmang. Uni boshqacha qilib ta'riflashga harakat qiling!
  7. Xato qilsangiz uni to'g'rilash yaxshi, lekin buni har bir gapda qilishni tavsiya qilmagan bo'lardim.
  8. Fikrlarni umumlashtiring va misollar yordamida boyiting.
  9. Albatta o'z shaxsiy fikringizni ayting. Imtihon oluvchi sizning fikringizni baholamaydi, faqat u qanday ifodalanganligiga qarab baho beradi.
  10. Tilingiz grammatik shakllar va leksik manbalarga boy ekanligini namoyish eting. Javobingizda turli xil sinonim so'zlar va grammatik shakllardan samarali foydalaning.
  11. Lekin murakkab leksik manba va grammatikadan foydalanishda ehtiyot bo'ling va ulardan foydalanishda haddan tashqari murakkablashish balingizga salbiy ta'sir qilishi mumkin. Sizga ma'lum bo'lgan va ishlatishga oson bo'lgan grammatik shakllar va leksik manbalardan foydalaning.

Yuqorida ta'kidlab o'tilgan maslahatlarga amal qilsangiz, siz kutayotgan natijaga albatta erishasiz. Omad sizga doim yor bo’lsin!

IELTS imtihoniga yozilmagan bo'lsangiz quyidagi manzilga kiring.