By IELTS Expert

12 October 2023 - 14:19

Your Guide to UK Scholarships, blog image

Buyuk Britaniyada o'qish uchun mavjud bo'lgan grant turlari va ularni yutib olish imkoniyatlarini qanday oshirish haqida bilib oling.

  • Britaniyada o'qishning afzalliklari 
  • Britaniya grantiga ariza berish talablari
  • Britaniya hukumati grantlari 
  • Britaniya ta'lim muassasalari grantlari
  • Britaniyada o'qish uchun Global grantlar
  • Britaniyada bakalavriat ta'limi uchun grantlar
  • Britaniya grantlarini qanday yutib olish bo'yicha top maslahatlar
  • Britaniya uchun IELTS 
  • Yakuniy fikrlar

Top reytingdagi universitetda o'qish va jahon miqyosida tan olingan malakaga ega bo'lish ko'pchilikning orzusi. Shubhasiz, bunday harakat sizning kelajagingizni kafolatlaydigan yaxshi sarmoya bo'ladi. Bu, ayniqsa, o'qish uchun chet elga ko'chib o'tishga to'g'ri kelsa, juda katta sarmoya bo'ladi. 

Albatta, barchasi oldindan yahshi rejalashtiriladigan bo'lsa, chet elda o'qish hamyonbop bo'lishi mumkin. Xalqaro talaba sifatida, siz xarajatlarni qoplash uchun bir nechta moliyalashtirish variantlariga ega bo'lasiz. 

Ushbu blog postida dunyoning top ta'lim olish joylaridan biri bo'lgan Britaniyada o'qish uchun grant olish haqida yetarli ma'lumot topasiz. 

Britaniyada o'qishning afzalliklari

Bir necha asrlardan buyon Britaniya dunyoning turli burchaklaridan xalqaro talabalarni o'ziga jalb qilgan holda, ta'lim sohasida yetakchi bo'lib kelmoqda. Dunyoda tan olingan universitetlari bo'ladimi, innovatsion o'qitish yondashuvi yoki kurslarni olib boruvchi innovatsion aql egalari bo'ladimi, Britaniya o'z potentsialingizni ochish va muvaffaqiyatga erishish uchun kerak bo'lgan hamma narsani taklif qilishi mumkin. 

Britaniya o‘qish uchun ajoyib joy bo‘lishi bilan birga, tanlagan sohangiz bo‘yicha kasbga tayyorlash uchun ham ideal joy. Ishga joylashish, stajirovka va volontyorlik lavozimlari, siz kabi xalqaro talabalarga yangi ko'nikmalarga ega bo'lish, yangi aloqalar o'rnatish va o'rganganlarni real muhitda qo'llashga yordam beradi. Britaniyadagi o'quv kursingizni muvaffaqiyatli tugatgandan so‘ng, siz Bitiruvchi yo‘nalishi orqali ikki yilgacha davlatda qolib ishlash yoki ish izlash uchun ariza topshirishingiz mumkin.  

Nihoyat, dunyoning yetakchilarining to‘rttasidan biri Britaniyada o‘qiganini bilarmidingiz? Agar siz qattiq intiluvchan bo'lsangiz, Britaniyadagi ta'lim sizning orzularingizga, ular qanchalik katta bo'lmasin, ularga erishishingizga yordam beradi!

Britaniya grantiga ariza berish talablariga muvofiqlik

Xalqaro talabalar Britaniyadagi o'qishlarini moliyalashtirish uchun turli xil moliyaviy yordam uchun murojaat qilishlari mumkin. Ba'zi grantlar qisman moliyalashtirishni taklif qilsa-da (masalan, o'qish to'lovlarining ma'lum foizini qoplaydi), boshqalari, sizning barcha xarajatlaringizni, jumladan, o'qish to'lovlari, yashash xarajatlari va aviachiptalarni qoplaydi. 

Bu nuqtada, shuni esda tutish kerakki, har bir grant o'ziga xos talablarga muvofiqlikni belgilaydi. Shu bilan birga, siz bajarishingiz kerak bo'lgan ba'zi umumiy talablar quyidagicha:

  • Akademik yutuqlar

Biror kishiga ta'lim grantlarini berishda asosiy e'tibor ta'limda doimiy yuqori baholarni olganligini isbotlashga qaratilgan bo'lsa-da, boshqa ba'zi grant turlari oldingi o'qishdan olingan baholaringizni ham hisobga oladi.

  • Talabga mos ish tajribasi

Ariza berish uchun ba'zi grantlar to'liq ish kuni, to'liqsiz ish kuni, volontyorlik ishi yoki to'lanadigan/to'lanmaydigan stajirovkami, talabga mos ish tajribasiga ega bo'lishingizni talab qiladi. Aksariyat hollarda talabni bajarish uchun sizga turli ish davrlaridagi ish tajribasini kiritishga ruxsat beriladi. Agar siz intervyu bosqichiga o'tsangiz, sizdan grant olish uchun ariza berish vaqtida taqdim etgan ish haqidagi ma'lumotlarni batafsil yoritish so'ralishi mumkin.

  • Darsdan tashqari mashg'ulotlar

Sport klublari yoki turli jamiyatlarda ishtirok etish kabi darsdan tashqari mashg'ulotlar siz haqingizda ko'proq ma'lumot olishga yordam beradi. Bundan tashqari, bunday mashg'ulotlar sizga yangi ko'nikmalarni shakllantirish va turli sohalarda bilimingizni kengaytirish uchun ajoyib imkoniyat beradi. Odatda, ko'plab grant dasturlari ushbu ma'lumotni talab qiladi, chunki u sizning shaxsingiz haqida chuqurroq ma'lumot beradi. Undan o'z manfaatingiz uchun foydalaning!

  • Kelajak rejalari / uzoq muddatli maqsadlar

Grantlar uchun arizalar ko'pincha sizdan kelajak rejalaringiz haqida batafsil ma'lumot berishingizni so'raydi, u odatda insho shaklida bo'ladi. Boshqa narsalar qatorida, bu siz tanlagan ta'lim sohasiga bo'lgan ishtiyoq darajasini ko'rsatishga, nima uchun siz grantga loyiqligingizni tushuntirishga va kelajak uchun aniq maqsadlar qo'yganingizni ko'rsatishga imkon beradi.

  • Ingliz tili talabi

Grant berilishi uchun ko'rib chiqilish maqsadida tegishli grant beruvchi organ sizdan belgilangan ingliz tili talabiga javob berishingizni talab qilishi mumkin. Buni odatda IELTS kabi xalqaro ingliz tili testini topshirish orqali amalga oshirish mumkin. Mos kelmaydigan ariza topshiruvchilarni saralashda yordam berishdan tashqari, til testi ingliz tilida so'zlashuvchi muhitda o'qishni boshlashga tayyor ekanligingizni isbotlashi ham mumkin.

Britaniya hukumati grantlari

Britaniyada o'qishni xohlovchi xalqaro talabalar Britaniya hukumati tomonidan boshqariladigan turli grant dasturlariga ariza topshirishlari mumkin. Quyida uchta asosiy grant dasturlari keltirilgan:

Chevening Granti

Chevening Britaniyadagi istalgan universitetda magistratura kurslarini o‘tash uchun to‘liq moliyalashtiruvchi grantlarni (jumladan, parvoz chiptalari, turar joy va kurs to‘lovlari) taklif etadi. Umuman, ushbu grantlar yetakchilik salohiyati va kuchli ta'lim tayyorgarligiga ega bo'lgan shaxslarga beriladi. Bu Britaniyada ta'lim olish bilan bir qatorda, yetakchilar, influenserlar va qaror qabul qiluvchilarning keyingi avlodlari uchun Britaniya bilan uzoq muddatli ijobiy munosabatlarni rivojlantirish uchun noyob imkoniyat. 1983 yilda tashkil etilganidan buyon, Chevening granti 50,000 dan ortiq mashhur mutaxassislarga Britaniyada yashash va o'qish imkonini yaratib, ularning professional va ilmiy rivojlanishiga yordam berdi. Qoʻshimcha maʼlumotga ega boʻlishni istasangiz Chevening Grantlari rasmiy veb-saytiga tashrif buyuring.

GREAT Grantlari

Britaniya hukumatining GREAT Britaniya Kampaniyasi va Britaniya Kengashi tomonidan birgalikda moliyalashtiriladigan, ishtirok etuvchi Britaniya oliy ta'lim muassasalari bilan bir qatorda, GREAT Grantlari dasturi, ma'lum bir davlatlar guruhi talabalari uchun imkoniyatlar sonini sezilarli darajada oshirishni maqsad qilgan: Bangladesh, Bruney, Xitoy, Misr, Gana, Keniya, Hindiston, Indoneziya, Malayziya, Meksika, Nepal, Nigeriya, Pokiston, Singapur, Shri-Lanka, Tailand, Turkiya va Vyetnam. 

2021 yilda dastur Britaniya bo'ylab 43 ta oliy oʻquv yurtlari bilan hamkorlikda 309 ta grant taklif qildi. G'oliblar bir yil davom etuvchi turli xil magustratura kurslariga o'qish to'lovlari uchun kamida £ 10,000 oladilar. GREAT Grantlari haqida batafsil ma'lumotni Study UK veb-saytimizdan topishingiz mumkin.

Hamdo'stlik grantlari

Agar siz Hamdo'stlik davlatining fuqarosi yoki doimiy rezidenti bo'lsangiz va Britaniyada moliyaviy yordamsiz o'qish imkoniyatiga ega bo'lmasangiz, siz Hamdo'stlik grantlariga ariza topshirishingiz mumkin. Dastur Britaniya universitetlariga ajoyib iste'dodlarni jalb qilish uchun mo'ljallangan bo'lib, keng ko'lamli grantlarni taklif etadi:

  • Commonwealth PhD Scholarships (rivojlanayotgan davlatlar va nostabil davlatlar uchun)
  • Commonwealth Split-site Scholarships (past va o'rta daromadli davlatlar uchun)
  • Commonwealth Master’s Scholarships
  • Commonwealth Shared Scholarships
  • Commonwealth Distance Learning Scholarships
  • Commonwealth PhD Scholarships (yuqori daromadli davlatlar uchun)
  • Commonwealth Medical Fellowships
  • Commonwealth Professional Fellowships

Hamdo'stlik grantlarining aksariyati to'liq moliyalashtiruvchi grantlar hisoblanadi, shuning uchun sizning o'qishingiz to'lovlarini qoplashdan tashqari, siz Britaniyaga kelish va ketish aviachiptalari va turar joyingizda yashash xarajatlarini ham olasiz. Ushbu grantlardan biriga qanday ariza topshirishni bilib olish uchun CSC apply page saytiga kiring.

Britaniya hukumati siz kabi xalqaro talabalarga yuzlab grantlar, ijtimoiy grantlar va qo'shimcha moliyaviy yordam taklif qiladi. Qanday yordam mavjudligi haqida ko'proq bilib olish uchun UK Council for International Student Affairs (UKCISA) website sahifasiga kiring.

Britaniya ta'lim muassasalarining grantlari

Britaniyadagi ko'plab oliy ta'lim muassasalari o'zlarining grant dasturlarini amalga oshiradilar. Noyob iste'dodlarni jalb qilishdan tashqari, ushbu grantlar Britaniyada o'qish uchun moliyaviy imkoniyati yo'q talabalar uchun umrida bir marta bo'ladigan imkoniyatlar yaratishga qaratilgan. 

Britaniyadagi universitetlar va kollejlar turli omillar asosida xalqaro talabalarga grantlarni taqdim etadi. Tushunishni osonlashtirish uchun ular bu yerda keng toifalarga ajratilgan:

Toifa Kim uchun mo'ljallangan?
Akademik, Faoliyat va A'lo darajadagi yutuqlar grantlari Kuchli ta'lim tayyorgarligiga ega bo'lgan shaxslar uchun
Faoliyat natijalariga asoslangan grantlar Darsdan tashqari mashg'ulotlarda (masalan, sport, musiqa, teatr, raqs) noyob qobiliyatni namoyon etadigan shaxslar uchun
Maxsus fanlar bo'yicha grantlar Muayyan kurs yoki fanni o'rganmoqchi bo'lgan shaxslar (masalan, huquq, arxitektura, biologiya) uchun
Teng huquqli foydalanish yoki imtiyozli grantlar Vatanlarini tark etishga majbur bo'lgan va Britaniyadan boshpana topgan yoki boshpana so'rovchi shaxslar uchun
Nogironlar uchun grantlar Nogiron, uzoq muddatli ruhiy salomatlik holati, o'rganish qiyinchiligi yoki boshqa maxsus ehtiyojlarga ega bo'lgan shaxslar uchun

Agar siz Britaniyadagi ma'lum bir kollej yoki universitetda o'qishga qiziqsangiz, qanday moliyaviy yordam taklif qilinishini bilish uchun ularning veb-saytiga kirganingiz afzal. Masalan, Kembrij universiteti rasmiy veb-saytida universitet talabalari uchun mavjud boʻlgan turli moliyaviy ko'mak manbalari keltirilgan: xalqaro bakalavriat talabalarini qo'llab-quvvatlash uchun moliyaviy ko'mak; magistratura talabalari uchun moliyaviy ko'mak; Kembrij Hamdo'stligi, Yevropa va Xalqaro fondi tomonidan beriladigan grantlar; Geyts Kembrij grantlari; va nogiron talabalar uchun moliyaviy ko'mak.

Britaniyada o'qish uchun Global grantlar

Ba'zi grantlar ma'lum davlatlardan bo'lg'usi talabalarga mo'ljallangan bo'lsa-da, boshqalari xalqaro talabalar uchun qulayroq. Britaniyada ta'lim olish uchun moliyaviy yordam beruvchi ba'zi global grantlar quyida keltirilgan:

Xalqaro talabalar uchun Global Wales Grantlari

Uelsdagi universitetga o'qishga kirmoqchi bo'lgan xalqaro talabalar Global Wales tomonidan taqdim etiluvchi to'rtta grant dasturlariga ariza topshirish talablariga mos keladi. Ayni paytda Shimoliy Amerika, Hindiston, Vyetnam va Yevropa Ittifoqi davlatlari talabalari ham ushbu grantga ariza topshirishlari mumkin. 

Batafsil maʼlumot olish uchun bu yerni bosing

British Council ning xotin-qizlar uchun STEM grantlari

Agar siz ilmiy daraja yoki STEM fanlariidan (fan, texnologiya, muhandislik va matematika) PhD bo'lgan, ilmiy sohangizda oʻqish ishtiyoqi bor ayolmisiz? Bu siz kutgan imkoniyat bo'lishi mumkin! Ushbu grant dasturi Amerika, Janubiy Osiyo, Janubi-Sharqiy Osiyo, Misr, Turkiya va Ukrainalik ayollar uchun ochiq.

Batafsil maʼlumot olish uchun bu yerni bosing

A.S. Hornby Fondi Granti

Agar siz oʻz malakangizni oshirishga intilayotgan tajribali ingliz tili oʻqituvchisi boʻlsangiz, Hornby Grantari sizga Britaniyadagi Uorvik universitetida TESOL Magistrlik kursini tamomlashda yordam beradi. Bundan tashqari, grant Britaniyadagi barcha xarajatlarni qoplaydi; shu jumladan turar joy va yashash xarajatlarini qoplash uchun oylik stipendiya; o'qish uchun to'lov; va borish kelish aviachiptalari, viza va til testi xarajatlari. Hornby Fondi 130 dan ortiq davlatni o'z ichiga oluvchi DAC Roʻyxatda sanab oʻtilgan davlatlardan arizalarni qabul qiladi. 

Batafsil maʼlumot olish uchun bu yerni bosing.

Shotlandiya Saltire Grantlari

Ushbu grant dasturi Shotlandiya hukumati tomonidan Shotlandiya universitetlari va kollejlari bilan hamkorlikda amalga oshiriladi. Bu Shotlandiyaning istalgan oliy ta'lim muassasalarida magistrlik dasturida o'qishni istaganlar uchun mos keladi. Dastur har biri £8000 ga teng bo'lgan 50 tagacha grantni har qanday bir yillik to'liq dasturda o'qish uchun to'lovlarni qoplashni taklif qiladi. Ushbu dastur Kanada, Xitoy (shu jumladan Gonkong), Hindiston, Yaponiya, Pokiston va AQShdan kelgan talabalar uchun ochiq.

Batafsil maʼlumot olish uchun bu yerni bosing.

Britaniyada bakalavriat ta'limi uchun grantlar

Britaniyada bakalavriatda o‘qish uchun grantlar va ijtimoiy stipendiyalar magistratura qaraganda kamroq ekanligi, to'g'ri. Biroq, bu ularga erishish qiyin degani emas; faqat siz ularni qayerdan qidirishni bilishingiz kerak. 

Agar siz Britaniyada bakalavriat kursini o‘tashni orzu qilayotgan bo'lsangiz va moliyaviy yordamga muhtoj bo‘lsangiz, siz uchun eng yaxshi variant bu ikki toifadagi grantlarni izlash: Britaniyadagi oliy o‘quv yurtlari va uchinchi tomonlar, masalan, hukumat yoki davlatingiz tomonidan taklif etilayotgan grantlar. Britaniya tashkilotlari tomonidan taklif qilinadigan grantlarni aniqlash uchun Britaniyadagi Universities and Colleges Admissions Service (UCAS) rasmiy veb-saytidan boshlash bo'ladi.

Britaniya grantlarini qanday yutib olish bo'yicha top maslahatlar

Grantlarni yutib olish - bu oliy matematika fani emas; ammo, buni amalga oshirish uchun zarur bo'lgan vaqt va kuch sarflashga tayyor bo'ling. Ushbu maslahatlarga amal qiling, shunda siz Britaniyada o‘qish uchun grant olish imkoniyatini oshirasiz.

  • Uy vazifangizni bajaring

Britaniya grantlari haqida barcha kerakli ma’lumotlarga ega bo‘lgan yagona manbani topishingiz dargumon. Shuning uchun, siz xalqaro talaba sifatida foydalanish mumkin bo'lgan barcha moliyalashtirish variantlarini aniqlash uchun yetarlicha izlanish olib boring. Internetda batafsil qidiruvni amalga oshirish maqsadga muvofiq bo'lishi mumkin: mahalliy Britaniya Kengashi veb-saytini, davlatingizdai stipendiyalarni taklif qiluvchi tashkilotlarning veb-saytlarini va Britaniyadagi oliy o'quv yurtlarining veb-saytlarini tekshirib ko'ring. Chet elda o'qish uchun moliyalashtirishni izlayotganda to'ringizni keng tashlash o'zini oqlaydi.

  • Muvofiqlik talablarini yaxshilab tekshiring

Ariza topshirishga qaror qilishdan oldin, tadqiqotchi profiliga mos kelishingizni tasdiqlash uchun har bir grantning muvofiqlik talablarini diqqat bilan ko'rib chiqish muhim. Yaxshisi, siz faqat o'zingiz munosib bo'lgan va olish uchun yaxshi imkoniyatga ega bo'lgan grantlarga ariza topshirishga vaqt sarflaganingiz ma'qul.

  • Arizangizni maxsus holda ishlab chiqing

Umuman olganda, ikkita grantga topshiriladigan ariza bir xil bo'lmaydi - siz turli savollarga javob berishingiz va turli talablarni bajarishingiz kerak bo'lishi mumkin. Odatda, siz bajarmoqchi bo'lgan oxirgi narsa bu arizadagi tarkibni, Siz topshiradigan har bir grant arizasini grant beruvchi organ tomonidan qo'yilgan talablarga to'liq javob beradigan tarzda ishlab chiqishga harakat qilish o'rniga, nusxalash va joylashtirishni bajarishni xohlaysiz. Muayyan muassasada ma'lum bir kursni o'qish istagingizning sabablarini ko'rsatishda halol bo'ling. Albatta, bu sizning ko'p vaqtingizni olishi mumkin, lekin grant olish uchun ariza topshirish tez bo'ladi deb kim aytdi!

  • Belgilangan muddatlarga rioya qiling

Xalqaro talaba bo'lish har doim belgilangan muddatlarga rioya qilishni talab qiladi. Grantlar, til imtihonlari yoki vizangiz uchun ariza topshirish bo'ladimi, belgilangan muddatlarga rioya qilishingizga ishonch hosil qiling. Esingizda tuting, belgilangan muddatga rioya qilmaslik Britaniyada o'qish orzuingizni yo'qqa chiqarishi mumkin. Asosiysi, tartibli bo'lish.

  • Yordam so'rang

Sizning grant uchun arizangizni, topshirishdan oldin boshqa odam tomonidan ko'rib chiqilishi har doim yaxshi. Bu, arizangizni tekshirish va ob'yektiv fikr bildirish uchun yetarli ko'nikmalarga ega bo'lgan istalgan kishi, sizning do'stingiz, aka-ukangiz yoki sobiq o'qituvchingiz, bo'lishi mumkin. Agar sizda bunday ko'maklashish tarmog'i bo'lmasa, ijtimoiy tarmoqlarga kirib, siz hujjat topshirayotgan universitetlarning hozirgi/sobiq tadqiqotchilai bilan bog'laning. Ulardan qanchasi haqiqatdan yordam berishga tayyorligini bilib hayron qolasiz!

Britaniya uchun IELTS

Universitet, grant yoki viza arizalari uchun ishonchli ingliz tili testidan (SELT) o'tish orqali ingliz tilini bilish qobiliyatingizni isbotlashingiz kerak bo'lishi mumkin. Agar Britaniyada o'qish uchun viza arizangizni asoslashingiz kerak bo'lsa, IELTS for UKVI Academictesti eng mos keladi. Britaniyadagi oliy o'quv yurtlari tomonidan ishonch bildiriladigan bo'lishi bilan bir qatorda, xalqaro talabalarga grantlar beruvchi u yerdagi tashkilotlarning tanlash uchun foydalanadigan sinovidir.  

IELTSni UKVI uchun Britaniya Kengashi orqali buyurtma qilsangiz, testga tayyorgarlik ko'rish uchun sizga keng ko'lamli yordam beriladi. Unda GEL IELTS Prep dan bepul foydalanish imkoniyati, IELTS uchun UKVIga tayyorgarlik paketi mavjud.

Yakuniy fikrlar

Britaniyada yashash va o'qish - bu sizni ko'pgina miqdordagi sarmoyani kiritishni o'z ichiga oluvchi qiziqarli kelajak dasturi. Shuning uchun, agar siz qaror qilishga ikkilanayotgan bo'lsangiz, bunday o‘zgartiruvchi tajriba ish qobiliyatingizni oshirishi va kelajakda siz uchun noyob imkoniyatlarni ochib berishi haqida o'ylab ko'ring. Britaniyadagi ta'lim, ayniqsa u yerdagi o'rtacha xarajatlarni AQSh va Avstraliya kabi davlatlarga qaraganda kamroq ekanligini hisobga olsangiz, puli uchun arziydi. 

To'liq moliyalashtiriladigan yoki boshqa turdagi grantni yutib olish sizga ushbu hayotni o'zgartiruvchi yo'lga kirishish uchun ishonch berishi mumkin. Esingizda bo'lsin, siz harakat qilmagungacha, moliyalashtirishni olishda muvaffaqiyat qozonishingizni bilmaysiz, shuning uchun harakat qilib ko'ring. Omad tilaymiz!