Bolalarga ingliz tilini o'rganish uchun video-seriyalar

"Timmy" YouTube multseriali bilan bepul o'rganish vaqti - bu farzandingizga uyda ingliz tilini o'rganish bilan birga xordiq chiqarishga yordam beradi. Oskar mukofotiga sazovor bo'lgan Aardman bilan hamkorlikda yaratilgan ushbu loyiha, sinfda qo’llash mumkin bo’lgan eng yaxshi til o’rganish tajribasini sizning uyingizga olib kiradi.

“Timmi bilan o'qish vaqti” loyihasida til o'rganishni haqiqatdan ham qiziqarli qiladigan 26 ta besh daqiqalik qismlar (seriya) va qo'shiqlar mavjud. Unda farzandingiz Timmy va uning do'stlari bilan birga yangi so'zlarni kashf etadilar va qo'shiq kuylaydi!

Timmining hikoyalari serialning asossi bo'lib, bu bolajonlarga yangi so'zlarni turli kontekstda o'rganishga imkon beradi.  Multserialning har bir epizodining o'ziga xos o'quv maqsadlari mavjud bo’lib, unga ko’ra bolalar so'z birikmalarini tuzishni o’rganib, ijodiy tasavvurlarini rivojlantiradilar.

‘Timmy bilan o'qish’ vaqti kim uchun mo’ljallangan?

‘Timmy bilan o'qish vaqti’ ikki yoshdan olti yoshgacha bo'lgan bolalarga ingliz tilini o'rganishlari uchun mo'ljallangan. Ikki yoshdan olti yoshgacha bo'lgan farzandingizga mazkur resurs orqali ingliz tilini tanishtirish quyidagi imkoniyatlarni beradi:

  • tabiiy ravishda ingliz tilini o'rganish
  • talaffuzni yaxshilash uchun eng yaxshi yoshda ingliz tilini o'rganish
  • ularning til ko'nikmalarini va o'ziga bo'lgan ishonchini oshirish.

‘Timmy bilan o'qish vaqti’, shuningdek, o'quv mobil ilovalari va ota-onalar hamda o'qituvchilar uchun bepul onlayn kursni o'z ichiga oladi.