"Oliy ta‘limda Ishga joylashish ko‘nikmalari" dasturi doirasida “Talabalarning zarur ko‘nikmalarini rivojlantirishning sifatini oshirish" mavzusida veb-seminar muhokamasini tashkil qilindi.
Veb-seminar Britaniya Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi hamda Respublika Oliy Ta‘lim Kengashi hamda Advance HE agentligi hamkorligida tashkil etildi.
Vebinar tarkibi:
Talabalar tajribasini qo‘llab-quvvatlash va takomillashtirish oliy o‘quv yurtlarining muvaffaqiyati uchun juda muhimdir. 2020 yilning o‘qitishning mukammalligi va talabalarnig natijalari reytingi bo‘yicha eng yaxshi hisoblangan, hamda oliy taʼlimdan keyingi taʼlim talabalarining natijalari bo‘yicha Top 10 talikka kirgan Derbi universiteti Advance HE Student Success Framework dasturini o‘qish va o‘qitishning kengroq aspektlarini yanada yaxlit, integratsiyalashtirilgan va innovatsion tarzda qo‘llab quvvatlash maqsadida qabul qildi.
Ushbu sessiya Derbi universitetining talabalar tajribasini oshirishga sodiqlikni taʼminlashning asoslari va yondoshuvlarini, shuningdek, kollaboratsiya, o‘zaro tajriba va malaka almashish orqali bitiruvchi talabalarni maqsadlarini amalga oshirishlarini taʼminlashni ilgari surishini tushuntiradi. Bundan tashqari, sessiya talabalarning muvaffaqqiyati dasturini joriy etish bo‘yicha keyingi qadamlarini va ushbu yondoshuv universitetni qanday qilib oldi qatorlarga olib chiqqanligini tushuntiradi.
Ma'ruzachilar:
- Ben Brabon, Advance HE hamkori
Ben xalqaro miqyosda ochiq onlayn taʼlimining yaratuvchisi sifatida tan olingan – Buyuk Britaniyadagi talabalar uchun birinchi kreditga asoslangan MOOC tashkilotchisi. Ilgari Advance HE ning bosh maslahatchisi hamda Gumanitar fanlar va sanʼat yo‘nalishlari rahbari sifatida u Advance HEning Kelajakka mos oliy taʼlim dasturlari yaratish (2018) loyihasini boshqargan. Ushbu loyiha Buyuk Britaniyaning Oliy taʼlim sohasida Sanoat strategiyasi, 4IR va taʼlim dasturlari yaratish o‘rtasidagi aloqalarni o‘rganib chiqqan. Keynchalik u Carrey universitetida Taʼlim va o‘qitish direktori hamda Oliy taʼlim dasturlari ijrochi direktori vazifasida Buyuk Britaniyaning Sifat nazorati agentligi, Britaniya Akademiyasi, Britaniya Kengashi, Buyuk Britaniyaning Taʼlim Boshqarmasi, Shvetsiya Taʼlim vazirligi va Bryusseldagi Flamandiya Taʼlim vazirligi kabi bir qator tashkilotlar bilan ishlagan.
- Fiona Shelton, Taʼlim va o‘qitishda mukammalik markazi rahbari, Derbi universiteti.
Fiona xodimlar va talabalarni akademik munozara va muhokamalarga, shuningdek taʼlim va o‘qitishni takomillashtirish uchun yaratilagan kreativ pedagogik amaliyot va innovatsiyaga asoslangan turli tadbirarga jalb etish uchun maxsus guruh bilan ishlaydi.
Fiona 26 yil davomida taʼlim sohasida ishlab kelmoqda. U 1994 yilda Liverpulning Djon Mur universitetining taʼlim bakalavriatini (Harakat mutaxassisi) tamomlagan va faoliyati davomida taʼlim va o‘qitishda kreativ yondishuvlarga faol qiziqib kelgan.
U 2003 yilda Derbi universitetiga Boshlang‘ich pedagogik taʼlimda ishlash maqsadida kelgan. 2008 yilda unga siyosiy maydonda ishlash imkoniyati taklif etildi. Bunda u markaziy hukumatga boshlang‘ich o‘quv dasturlari bo‘yicha maslahat berish hamda taʼlimda yangi o‘quv dasturlarining taʼsirini o‘rganuvchi milliy ilmiy loyihani boshqarish topshirildi.
Yaqinda u Talabalar tajribasi rahbari vazifasini bajarishdan oldin, u Boshlang‘ich pedagogik taʼlim bo‘limi rahbari sifatida ish olib boridi. U yerda u xodimlar va talabalarning hamkorligi orqali universitetning Talabalar tajribasi dasturini yaratish uchun masʼul bo‘lgan. Hozirda u Taʼlim va o‘qitishda mukammallik markazi rahbari sifatida talabalarning faolligi va muvaffaqqiyatini taʼminlovchi mukammal taʼlim tajribasiga masʼuldir.
Uning bugungi kunda olib boraytgan tadqiqoti 1944 yildan 2009 yilgacha bo‘lgan davrdagi Derbishirdagi boshlang‘ich makatablardagi sobiq o‘quvchilarning tajribalarini bayon qiladi. Boshqa nashr etilgan ishlari: Talabalar tajribasi dasturi: Talabalar tajribasini faol ishtirok etish dasturi orqali oshirish, SEDA, Shelton, F. (2018).
Polsha, Belgiya, Ispaniya, Gretsiya va Turkiya kabi beshta mamalakat bilan ish olib borishda u taʼlimning xalqaro istiqbollari (IPiE) konferensiya konsorsiumi yetakchi akademigi. Muvaffaqiyatli konferensiya ochilishi 2018 yil oktyabr oyida Derbi universitetining Buxton kampusida bo‘lib o‘tdi. U Taʼlimning xalqaro istiqbollari (IPiE) ilmiy qo‘mitasining asoschisi.
- Djon Xill, Kutubxona va raqamli taʼlim bo‘limi boshlig‘i, Derbi universiteti.
Djon universitetda xodimlar va talabalar btan hamkorlikda kutubxona xizmatini ko‘rsatish va raqamli taʼlimni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishlaydi. U raqamli taʼlim va kutubxona xizmatlarida yigirma yildan ortiq tajribaga ega.
Djon talabalrning universitetda taʼlim olish mobaynida eng yuqori sifatli kutubxona xizmati va raqamli maʼlumot olish tajribasiga ega bo‘lishini taʼminlaydigan universitet miqyosidagi siyosati va strategilarini ishlab chiqadi. Hozirda Djon Insitutsional texnologik jihatdan takomillashtirilgan taʼlim strategiyasi (2017-2021)ni tatbiq etilishini boshqarmoqda. Ushbu strategiya hozirda so‘nggi bosqichda bo‘lib, to‘rtta sohani takomillashtirishni ko‘zda tutadi: Raqamli amaliyot, Raqamli Qobiliyat, Raqamli infratuzilma va Raqamli maʼlumotlar bazasi hamda ilmiy yondoshuv.
Djon strategiyaning bir qismi sifatida aralash taʼlimning kelajakdagi istiqbollarini tadqiq qilmoqda. Tadqiqotning nashr etilgan qismi: Tadqiqotdagi aralash taʼlimnin tasvirlash orqali uning mohiyatini anqlash. Higher Education Research & Development. Smith, K. and Hill, J. (2018).
Djon raqamli taʼlim, shu jumladan “samarali onlayn taʼlim” va “raqamli asrda taʼlim” mavzularida o‘qitish tajribasiga ega.