Jazz  Musician
Arun Ghosh ©

Emile Holba

Date
dushanba 29 April 2019 -
19:00 to 21:00

29 aprel kuni Beshinchi Xalqaro Jazz Festivali doirasida  Britaniyalik mashxur jazz ijrochisi Arun Ghoshning O'zbekiston Davlat Konservatoriyasi talabalari bilan birga konserti bo'lib o'tadi. Konsert O'zbekiston Davlat Konservatoriyasining Katta zalida soat 19.00da boshlanadi.   

Arun Ghosh - Britaniya va Osiyolik klarnet sozandasi, bastakor va musiqa o’qituvchisi. “Jazz” deb nomlangan parlament mukofotida “Yilning eng yaxshi djazz sozandasi”  yo’nalishi ikki karra g’olibi bo’lib (2014 va 2018), zamonaviy musiqada yangi “Indo-Jazz” yo’nalishini ihtiro etdi. 

Arun shu kungacha 4ta albom chiqarishga muvofiq bo’ldi. Ular - “Shimoliy Namaste”, “Ibtidoiy Odisseya”, “Janubiy-Osiyo syuitasi” hamda “Asli qayerliksiz?” kabilardir.

So’ngi 10 yil davomida u Britaniya va xalqaro jazz sahnalarining etakchisiga aylanib, o’zining shiddatli uslubi, yorqin musiqiy ijrosi va rok-n-roll ruhiyati ila muxlislar va kritiklarni o’ziga rom aylashga ulgurdi. 

Arun Londonda hind oilasida tavallud topib, Angliya shimolida ulg’aydi. Bolaligidan musiqaga ko’ngil qo’yib, televizor orqali saksafonchi Kortni Payn ijrosidan ilhomlanib, djaz musiqasini klarnetda chala boshladi. Arunning musiqaga bo’lgan sadoqati hozirgi kunga qadar davom etib, uning uslubi va ohanglarining qamrovi juda kengayib bormoqda. Jumladan, u sevimli musiqasini rok, klassika, folk, hip-hop yo’nalishlari bilan uyg’unlashtirgan holda ijro etadi. Uning musiqasi Jahon Djazz ohanglari va hind subkontinenti sadolarini aks ettiradi. 

O’z jamoasi hamrohligidagi namoyishlari bilan bir qatorda Gosh teatr dasturlarida ham faoliyat olib boradi. Hususan, Britaniya teatr namoyishlari, raqs p'esalari va ovozsiz filmlar uchun partituralar yaratuvchi taniqli bastakorlar qatoriga kiradi. 

Arun o’z musiqasini Jahon darajasiga olib chiqish imkoniyatiga ega bo’lganidan, turli yosh, yo’nalish va millat vakillari bo’lgan minglab musiqachilar bilan hamkorlikda ishlaganidan bag’oyatda mamnun. U Britaniya Kengashi xalqaro musiqiy loyihalari, jumladan Hindiston, Quvait, BAA, Maroqand, Keniya, Ukraina, Hitoyda yetakchilik qilgan. Arun O’zbekiston sahnasiga taklif etilganligi va O’zbekistonlik shinavandalariga o’z musiqasini taqdim etish sharafiga muyassar bo’lganidan juda baxtiyor.

Konsertga chiptalar bepul va Tukiston va Musiqa san'at saroylarining chiptaxonalaridan olishingiz mumkin. Murojaat uchun 712349945, 901858955 raqamlariga qo'ng'roq qiling. Chiptalarni olishga ulgurib qoling!