Date
juma 24 April 2020 - 00:00 to juma 22 May 2020 - 23:00
Location
Онлайн сессия

London Metropolitan Universiteti bilan Creative Spark sessiyalari biznes g`oyalarni yaratish, rivojlantirish va muloqotni yo`lga qo`yishga yo`naltirilgan. Ishtirokchilar turli xil g`oyalarni ishlab chiqish va ularning ichidan eng yaxshilarini tanlashni o`rganadilar.  Keyingi sessiyalarda ishtirokchilar o`z mijozlar bazasini yaratish, muvaffaqiyatli biznes taqdimot qilish va mashhur dunyo tadbirkorlaridan o`z savollariga javob olishlari mumkin. 

Sana Vaqt Sessiya Ma'lumot
24.04.2020 14.00 G`oyalarni yaratish Biznes g`oyalarni qanday yaratamiz.
01.05.2020 14.00 Muammoga diqqatni qaratish Muammoni qanday qilib biznes g`oya aylantirishni o`rganamiz. 
08.05.2020 14.00 O`z mijozlaringizni tushunish: Insonlar bilan gaplashish Mijozlarni shakllantirish va mijozlar bilan suhbatlar o`tkazishni o`rganamiz.
15.05.2020 14.00 Biznes taqdimoti va tavsiyalar Yaxshi biznes taqdimoti strukturasi va eng yaxshi taqdimot qilish bo`yicha tavsiyalarni o`rganamiz.
22.05.2020 14.00 Tadbirkorlarga savol berish Doimo biznes haqida bilmoqchi bo`lgan narsangiz: dunyoga mashhur  tadbirkorlarga savol berish.

Taqdimotchi haqida

Chris Lane, akademik o`tiquvchi va vizual rassom bo`lib, tadbirkorlik va kreativ industriya sohalariga qiziqadi. U jamoat tashkilotlarida faoliyat olib borgan. U London Metropolitan Universitetida Raqamli Media kurslarida dars bergan va Buyuk Britaniyada birinchi bo`lib Ijtimoiy Tarmoq (media) bakalavr yo`lanishiga asos solgan.  London Metropolitan Universitetida dekan muovini va hamkorlik bo`limi boshlig`i bo`lgan, hamda hozirda Jamiyatni Rivojlantirish, Qochqinlar Ijtimoiy Dasturi va Yoshlar tadqiqotlari sohalarida faoliyat olib boradi. Creative Spark dasturini O`zbekistonda tadbiq etishga, hamda Britaniya Kengashi uchun London Metning xalqaro Big Idea Challenge dasturini ishlab chiqishga jalb etilgan. 

Также смотрите