Aptis ESOL imtihonini qanday qilib bekor qilish va to’lovni qaytarish uchun ariza berish kerak

Imtihonga registratsiyani bekor qilib, mablag’ni qaytarish uchun biz bilan info@britishcouncil.uz electron pochtasi orqali bog’laning.

Imtihon to'lovini bekor qilish va qaytarish quyidagi shartlarda mumkin:

  • Agar to‘lov tasdiqlangan kundan 14 kalendar kuni ichida pulni qaytarish uchun ariza berilsa, sizga imtihon to’lovi qaytariladi va hech qanday  ma’muriyat to’lov olib qolinmaydi. 
  • Agar to‘lovni qaytarish arizasi ro‘yxatdan o‘tgan sanadan 14 kundan ko‘proq vaqt o‘tgach, lekin imtihon sanasidan 7 kun oldin 48 soatdan kechiktirmay taqdim etilsa, sizga umumiy  to‘lovning 75% qaytariladi va  25% miqdoridagi ma’muriy to‘lovni olib qolinadi.
  • Agar siz Aptis ESOL imtihonini 14 kunlik bekor qilish muddatidan tashqari, lekin sinov sanasidan 7 kun ichida 48 soat ichida bekor qilmoqchi bo’lsangiz,hech qanday to’lov qaytarilmaydi. Kasallikni tasdiqlovchi spravka yoki ko’zda tutilmagan sabablar bundan mustasno.
  • Kasallik yoki baxtsiz hodisa sabablarga ko'ra (jarohat, nohush holat, o'g'rilik yoki yo'l-transport hodisasi - oila a'zosining o’limi) to'lovni qaytarish arizasi topshirilgan bo'lsa, arizani imtihon sanasidan keyin 4 haftagacha yuborishingiz mumkin. Siz to'lovning 75 % qaytariladi, 25% ma'muriy to'lov olib qolinadi. Siz arizaga yozma dalillarni ilova qilishingiz kerak (quyida Hujjatlar bo'limiga qarang).
  • Agar siz imtihonga Tayyorgarlik markazi yoki Hamkor orqali ro’yhatdan o’tgan bo’lsangiz, bekor qilish arizasini ushbu markaz tomonidan topshirishingiz  kerak. Britaniya Kengashi bekor qilish so'rovini ko'rib chiqadi va tasdiqlansa, mablag’ tayyorgarlik markaziga qaytariladi.

Imtihon bekor qilish uchun kerak bo'ladigan hujjatlar:

Imtihonga registratsiyani bekor qilib, mablag’ni qaytarish uchun biz bilan info@britishcouncil.uz electron pochtasi orqali bog’laning.

Jarayonning bir qismi sifatida sizdan tegishli tasdiqlovchi dalillarni yuklashingiz so'raladi:

  • To'lovni tasdiqlanganligi haqida xabarining nusxasi.
  • To’lov kvitansiyasi (agar siz to‘lovni oflayn rejimda amalga oshirsangiz).

Agar kerak bo'lsa, imtihon kunida ishtrok etilmaganligiga sabab yozma dalillar:

  • Shifokor tomonidan imzolangan va muhrlangan rasmiy tibbiy ma'lumotnoma. Agar murojatingizga sabab Covid-19 bo'lsa va rasmiy ma’lumotnoma bo'lmasa, biz elektron pochta yoki skrinshot kabi boshqa formatlarda qabul qilishimiz mumkin.
  • Ichki ishlar bo’linmasidan dalolatnoma, o'lim haqidagi guvohnoma va boshqa rasmiy bayonotlar.

To'lov qaysi usul orqali amalga oshirilgan bo’lsa, shu usul orqali to’lov qaytariladi.