Xalqaro universitetga hujjat topshirishni, immigratsiya qilishni yoki xalqaro tashkilotda ishlashni xohlasangiz – IELTS sizning muvaffaqiyat kalitingizdir. Britaniya Kengashida biz nafaqat imtihonning o'zini taklif qilamiz, balki sizning muvaffaqiyatga erishishingiz uchun IELTS Ready Premium tayyorlov kursi orqali har tomonlama qo’llab-quvvatlaymiz!
Nega IELTS imtihoni uchun Britaniya Kengashini tanlashingiz kerak?
- Tajriba va ishonch: Britaniya Kengashi O‘zbekistonda 20 yildan ortiq vaqtdan buyon IELTS imtihonini o‘tkazib kelmoqda.
- Ko’proq tanlov va imkoniyat: IELTS imtihonlari O‘zbekiston bo‘ylab 12 ta hududda o‘tkaziladi va Toshkentda esa, IELTS imtihonini haftaning istalgan kunida topshirishingiz mumkin.
- Keng qamrovli qo'llab-quvvatlash: Biz IELTS bo'yicha barcha savollaringizga javob berishga va ushbu sayohatingiz davomida sizga yo'l ko'rsatishga har doim tayyormiz. Shuningdek, siz O'zbekiston bo'ylab ko'plab hamkor tashkilotlarimizdan ham yordam olishingiz mumkin.
- Premium tayyorgarlik: Shaxsiy o‘quv rejalari, maxsus amaliy testlar va ekspert fikr-mulohazalarini o‘z ichiga olgan IELTS Ready Premium bilan imtihon topshirishga bo’lgan ishonchingizni oshiring.
IELTS Ready Premium’ga bepul ega bo'ling:
Biz sizning IELTS imtihoningizga bo’lgan ishonchni oshirishga yordam berish uchun doim tayyormiz va boshqa test markazlariga qaraganda ko'proq bepul IELTS tayyorlov materiallarini taklif qilishdan faxrlanamiz.
- IELTS imtihoningizdan unumli foydalaning: IELTS Ready Premium sizga 80 soatdan ortiq vaqtni qamrab oluvchi ko'plab tayyorgarlik materiallarini taklif etadi.
- 40+ amaliy testlar: Haqiqiy imtihon muhitidagi format va savol turlari bilan tanishib chiqqan holda, amaliy testlar yordamida o'z qobiliyatlaringizni oshiring.
- Mutaxassislarning fikr-mulohazalari va yoʻl-yoʻriqlari: IELTS boʻyicha tajribali ekspertlardan amaliy testlaringiz boʻyicha shaxsiy fikr-mulohazalarni oling, ustida ishlash kerak bo’lgan sohalaringizni aniqlang va imtihondagi ishonchingizni oshiring.
- 24/7 holatidagi resurslar: Interfaol mashg'ulotlar, video darslar va yuklab olinadigan materiallardan cheksiz foydalanish bilan o'zingizga qulay tezlikda tayyorlaning.
Keyingi qadamni tashlashga tayyormisiz? IELTS uchun ro’yxatdan o’ting.
Biz O‘zbekistondagi 15 ta rasmiy IELTS imtihon markazlarida bir qator qulay imtihon sanalarini taklif etamiz. Siz IELTS imtihonini qog'ozda yoki kompyuterda topshirishni tanlashingiz mumkin. Qaysi birini afzal ko'rsangiz ham, test topshirish uchun test markaziga kelishingiz kerak bo'ladi.
Qog’ozda IELTS imtihoni o’tkaziladigan test markazlari
Toshkent, Namangan, Andijon, Farg‘ona, Qo‘qon, Samarqand, Shakrisabz, Termiz, Qarshi, Buxoro, Urganch, Nukus, Navoiy, Jizzax, Guliston.
Kompyuterda IELTS imtihoni o’tkaziladigan test markazlari
Toshkent, Samarqand, Qarshi, Navoiy, Nukus, Urganch, Buxoro, Jizzax, Termiz, Farg‘ona, Andijon, Namangan.
O'zingiz qulay joyni tanlash va imtihon sanalarini ko'rish uchun menyuni oching.