Buyuk Britaniyaning 2020 yildagi musiqa industriyasining 6.5 foizga o'sishining asosiy sababchisi raqamli translyatsiya xizmatlari bo'lib, barcha daromadlarning 80 foizini tashkil etmoqda. (Manba:Entertainment Retailers Association, UK). Shu bilan birga yuklab olish va mahsulot sotuvlaridan daromad pandemiya cheklovlari kiritilgani sabab keskin pasayib ketgan. Jonli ijro yo'nalishi ham 2020 yilda katta qiyinchiliklarga duch keldi, bu esa daromadlar ko'rsatkichi 80 foizga kamayib ketishi va o'nlab xodimlar va frilanserlar o'z ish o'rinlarini yo'qotishiga olib keldi (Manba: Live Industry Association).

Bu o'zgarishlar musiqa industriyasining kelajakiga qanday ta'sir ko'rsatadi? Translyatsiya xizmatlari ko'rsatkichlarining o'sishi ortida qanday muvaffaqiyat hikoyalari mavjud? Musiqa professionallari, estrada artistlari va musiqachilar bunday qiyin sharoitda qanday qilib unumdorlikni tushurmasdan, sog'lom ruhiy holatni saqlab qolishdi? Ular qanday qilib tinglovchilar bilan aloqani saqlab qolishdi?Shu va boshqa savollar 2021 yilning 12-14 Fevral kunlarida bo'lib o'tadigan Selector Pro professional musiqa industriyasining to'rtinchi online forumida muhokama qilinadi.

Biz Buyuk Britaniya musiqa sohasidagi yetakchi mutaxassislarni 15 dan ortiq davlatlardagi musiqa sohasidagi professionallar bilan bog'layapmiz (G'arbiy Bolqon, Janubiy Kavkaz, Turkiya, Ukraina, Rossiya, Isroil va Markaziy Osiyo). Bu raqamli tadbir barcha uchun ochiq bo'lib, hamfikrlar bilan tanishish maqsadida bo'lganlar ishtirok etishlari mumkin. Sizda workshoplar, tanishuvlar va muhokamalarda ishtirok etish imkoniyati bo'ladi. 

Biz 2020 yildagi musiqa industriyasidagi muvaffaqiyatlarni ko'rib chiqamiz. Jumladan: Ric Salmon (ATC menedjment direktori, CEO Driift, Buyuk Britaniya) Laura Marlingning bo'lib o'tgan muvaffaqiyatli translyatsiyasi haqida va  Nick Cavening Aleksanda saroyida bo'lib o'tgan Idiot Prayer tomoshasi haqida so'zlab beradi. Yurii Bazaka (kontrabass promo, Ukraina) esa qanday qilib sanoqli haftalarda butun dunyo musiqachilari ishtirokida online festival tashkil qila olgani va 200,000 dan ortiq tomoshabinlarni e'tiborini qozongani haqida so'zlab beradi. Ashot Danielyan (Ilkhom rock fest, O'zbekiston) 2020 yildagi pandemiya sharoitiga qaramasdan ma'naviyatlararo hamkorlik yarata olgani haqida o'rtoqlashadi.

Forum doirasida bo'lib o'tadigan tadbirlar orasida Sally-Anne Gross (Music Business Management MA kurs rahbari, Westminster Universiteti, Buyuk Britaniya) bilan karyerasida juda katta ish olib borgan mavzu bo'yicha- musiqachilarning ruhiy holati haqida ochiq suhbat bo'lib o'tadi. Shu bilan birga Chris Cooke's (Complete Music Update asoschilaridan biri va boshqaruvchi rahbari, Buyuk Britaniya) o'zining 'Raqamli dollarning ajratilishi' nomli kitobi asosida musiqa sohasida daromad oqimlarini yaratishga bag'ishlangan workshop o'tkazadi. Tadbir jarayonida musiqa industriyasida tomoshabin va tinglovchilar e'tiborini qozonish, kelishuvlarni sinxronlash, tadbirkorlik va ekologik barqarorlikka erishish masalalari muhokama qilinadi. 

Forum ishtirokchilarga real hayotda digital networking seanslariga e'tibor qaratgan holatda hamfikr biznes hamkorlar bilan tanishish imkonini beradi. Bizning platformamizdagi imkoniyatlar va foydali vositalar sizning professional manfaatingizga mos expertlar bilan tanishish, o'zingizni va ijodiy konseptingizni eng ma'qul tarzda namoyish etishga imkon beradi.

Forumda ishtirok etish bepul.

Platformaga kirish uchun login qabul qilish va platformadan foydalanish haqida yo'riqnoma olish uchun shu yerdan ro'yhatdan o'tishingiz kerak.

Dastur (UTC +5 vaqt zonasi bo'yicha)

12 Fevral

Vaqt Tadbir
15.00 - 16.00 Asosiy sessiya: 2020 yilda katta musiqiy hikoyalar
16.15 - 17.00 Muhokama: Tomoshabinlar e'tiborini jalb etish
17.45 - 19.45 Workshop: Digital sotuvlar
20.00 - 21.00 Networking: Buyuk Britaniyalik ekspertlar bilan tanishing
22.00 - 23.00 Selector Live: Eshittirish

13 Fevral

Vaqt Tadbir
15.00 - 15.45 Konsultatsiya: Sinxron ekspertlari bilan
16.00 - 16.45 Muhokama: 2021 yilda daromad qilish. Qanday imkoniyatlar mavjud?
17.00 - 17.45 Ochiq Muloqot: Ruhiy salomatlik
19.00 - 19.45 Muhokama: Musiqa industriyasida ekologik barqarorlik
19.30 - 21.30 Tanishuv: Musiqa industriyasida

14 Fevral

Siz 12-13 Fevral kunlaridagi barcha forum seanslarida ishtrok etishingiz va boshqa qatnashuvchilar bilan uchrashuv tashkillashtirishingiz mumkin. 

Buyuk Britaniyadan Ma'ruzachilar

Bu yilda forumning digital shaklida tashkillashtirilayotgani sabab biz 15 ta davlatdan 30 dan ortiq ma'ruzachilarni taklif eta oldik. Ularning bir nechtasi haqida batafsil ma'lumot bilan quyida tanishib chiqishingiz mumkin. Barcha ishtirokchilar haqida ma'lumot bilan tadbir platformasida tanishishingiz mumkin.

Jon Dunn

Jon o'z karyerasini 1989 yilda mustaqil targ'ibotchi sifatida Londonning chegarasidagi kichik shaharlarda Radiohead, Oasis, Pulp, Cranberries va boshqa aktlarni tashkillashtirib boshlagan. 2003 yilda Jon Londonga ko'chib borgan va Live Nationga (rasman Clear Channel deb nomlanadi) a'zo bo'lgan. U yerda Jon milliy targ'ibotchilik vazifalarini bajarishni boshlagan va hozirda Angliya bo'yicha tomoshalar rejalashtirib kelyapti. U yerda qo'lga kiritgan va hozirda ham ish olib borayotgan aktlarga Arcade Fire, The National, MIA, Anthony and the Johnsons va boshqalar kiradi. U Latitude, The Big Chill and Electric Picnic kabilar uchun 35,000 dan ortiq tomoshabinga mo'ljallangan festivallar rejalashtirish va boshqarishni boshlagan. Jon Live Nationni 2013 yilda tark etib, Parallel Linesni yaratdi. Hozirda u faqat Londonda targ'ibot ishlarini olib bormoqda va The National, Arcade Fire, Jungle, Glass Animals, Sharon Van Etten, St.Vincent, Future Islands va shu kabi 140 dan ortiq aktlar va artistlar bilan ishlab kelmoqda. 

Ric Salmon

Ric Salmon ATC Managementda direktor bo'lib, Driift biletli jonli translyatsiya biznesining rahbari hisoblanadi. ATC Nick Cave, PJ harvey, Faithless, Laura Marling, Johnny Marr, Trevor Horn kabi 70 ga yaqin menedjment mijozlariga ega bo'lib, ATC-Live bo'linmasida 400 ga yaqin aktlar ro'yxatiga ega. ATC da ish faoliyatini boshlashdan oldin Ric 2007 yilda Harvest Entertainment menedjment tashkilotini yaratgan. Harvest tashkiloti Seal, Morissey va Joss Stone kabi jahonga taniqli artistlarni vakili bo'lgan. 1997-2007 yillar orasida Ric Sony Music, Ministry of Sound va Warner Music International kabi bir qator nufuzli va mustaqil musiqa leybllarida yetakchi lavozimlarda ish faoliyat yuritgan. Ric A+R yetakchi konsultant sifatida bir necha leybllarda faoliyatini keyinchalik ham davom ettirgan. Jumladan Warner Musicda Rod Stewart, The Corrs, Bette Midler, Boyzone, Beverley Knight va yana ko'plab artistlar bilan albomlar yaratgan. 

Chris Cooke

Chris Cooke odamlarga musiqa biznesini tushunish va undan samarali foydalanishga yordam beruvchi tashkilot- Complete Music Update (CMU)ning asoschilaridan biri. Tashkilot bu vazifani CMU kunlik byulleteni, Setlist podkasti va CMU Trendlar kutubxonasi kabi hamda CMU Insights konsalting bo'limi; va kelajakdagi iste'dodlar dasturi CMU: DIYlar orqali amalga oshiradi. CMU Chrisga musiqa industriyasi haqida yozish, suhbat qurish, o'rgatish va konsultatsiya qilish imkonini yaratadi. CMU Chrisning 3CM UnLimited biznesining bir qismi bo'lib, u orqali Chris ThisWeek London va Endinburgh festivalda ThreeWeeks jurnallarida ma'naviyat haqida maslahatlar berib boradi. 

Rebecca Prochnik 

Rebecca 20 yillik tajribaga ega agent bo'lib, o'z faoliyatini klublarni bron qilish bilan boshlagan. Rebecca o'zini omadli inson deb hisoblaydi, sababi u doimiy ravishda yangi yaratilayotgan musiqa ma'naviyati va jamiyat bilan ishlash imkoniga ega. Rebecca o'z faoliyatida e'tiborni mustaqil va zeitgeist sa'natga qaratgan. Vaqt o'tishi bilan shiddat bilan rivojlanib borayotgan Earth Agency ning asoschilaridan biriga aylandi va ish olib borayotgan musiqalarni yanada keng platformalarda tarqatish qobiliyatini rivojlantirdi. Rebeccaning barcha hamkor artistlar ro'yxati bilan tanishib chiqish uchun havolani bosing: www.earth-agency.com

Sally Anne Gross

Sally-musiqa sanoati amaliyotchisi, muallif va akademik. Sally ‘Can Music Make You Sick- Measuring the Price of Musical Ambition’ asarining mualliflaridan biri. Bu tadqiqot musiqa industriyasining ruhiy salomatlikni o'rganishga qaratilgan eng katta tadqiqoti bo'lib, Help Musicians UK hayriya tashkiloti tomonidan moliyalashtirilgan. 1993 yilda Sally A&R Mercury Recordsda ish olib borayotgan ilk ayol bo'lgan. Sally Anne qariyb o'ttiz yil davomida musiqa sanoatida artist menejeri, yozuvlar direktori va xalqaro biznes masalalari bo'yicha maslahatchi sifatida ishlaydi. Hozirgi vaqtda Sally Westminster Universityda MA Music BUsiness managementda kurs rahbari lavozimida ishlab ketmoqda.

 

Xalqaro Ma'ruzachilar

Ashot Danielyan

Ashot Danielyan Toshkent Universiteti bitiruvchisi bo'lib, u Yapon tili va madaniyatini o'rgangan. Ashot 2000 yildan beri indie rok guruhi- Origami Wings yetakchisi va qo'shiqlar muallifidir. 2007 yildan boshlab u Ilkhom Rock fest davlatdagi yagona mustaqil rok festivali asoschisi va prodyuseridir. Bu festival Markaziy Osiyodan Armeniya, Ukraina, Chexiya va Buyuk Britaniyadan 50 dan ortiq rok yo'nalishidagi aktlarning O'zbekistonda ijro etishga chorlagan. Artist,, aktivist va san'at menedjeri bo'lgan Ashot 2017 yildan boshlab 'Kursidagi Odam' loyihasi bo'yicha ko'p tarmoqli xalqaro san'at loyihalarida she'riyatni, musiqa, ijrochilik san'ati, video, suratga olish va zamonaviy san'atni Markaziy Osiyo yoshlariga targ'ib etib borayapti. 

Olga Udovenko 

Olga Kultura Zvuka jamoasi a'zosi, maktab va klub dasturiy menedjeri. Klub va maktab boshqaruvidan tashqari Olga Udda tahallusi bilan DJ sifatida ham taniqli. Olga odatda Kultura Zvuka klubida Khakivda ijro etadi, lekin Kiev, Vienna va Rigada ham konsertlar tashkillaashtirgan. Uning asosiy yo'nalishi targ'ibot ishlari, artistlar va agentliklar bilan muloqot tashkillashtirish, klubda tadbirlar tashkil etish va maktab uchun dastur ishlab chiqish bilan bog'liq.

Yurii Bazaka 

Yurii kontrabass promo - Kiev, Ukrainada joylashgan yer osti yo'nalishidagi ma'daniyat agentligi asoschisi. Agentlik mahaliy yosh artistlar bilan ishlaydi va konsertlarni prodyusserlik qilish, festival va tomoshalarni tashkillashtiradi. Yurii Intercity Live festivalining asoschilaridan biri, prodyusseridir. Hozirda Yurii Zmova yangi ko'rsatuvini YouTubeda taqdim etyapti. Zmova bu Kievning tarixiy va taniqli joylarida yer osti yo'nalishidagi artislar ijrosidagi jonli shoular ketma ketligi.