Siz xohlagan narsani qilishni boshlash uchun hozir ayni payt. Har kuni mashq qilish uchun o'n daqiqangiz yoki bir soatingiz bo'lsa, bizning o'quv materiallari sizga ingliz tilini o'rganishda yordam beradi.
O'zingizning ingliz tilini bilish darajangizni tekshirib ko'ring
Til bilish darajangizni aniqlash uchun bizning bepul ingliz tili grammatikasi va lug'at testidan boshlang. Sizning natijalaringizga asoslanib, platforma sizga malaka oshirishga yordam beradigan o'quv materiallarini taklif qiladi.
Til bilish ko'nikmalarini rivojlantiring
O'zingizning darajangizni bilsangiz, eshitish, o'qish va yozish qobiliyatlari ustida ishlashni boshlashingiz mumkin. O'zingizga mos darajani tanlang, so'ngra turli matnlar va audio yozuvlar, interfaol mashqlar va topshiriq varaqlaridan vazifalarni tanlang.
O'SPIRINLAR UCHUN INGLIZ TILI
Dunyo bo'ylab ko'plab o'quvchilar hozirda maktabga bora olmaydilar. Bizning LearnEnglish Teens veb-saytimizdan foydalanish sizga ingliz tilini uyda o'rganishda davom etishingizda yordam beradi. LearnEnglish Teens ingliz tilini o'rganish va o'qishni rivojlantirishga yordam beradigan ko'plab video, audio dars materiallarini taklif etadi. Dastlabki bosqichda, LearnEnglish Teens-dan foydalanib, kuniga 20-30 daqiqa mashq qilishni maslahat beramiz. Agar siz muntazam ravishda mashq qilsangiz, haqiqiy o'sishga erisha boshlaysiz.