Respublika Maxsus komissiyasining Covid-19 tarqalishiga qarshi kurashish qaroriga kuchaytirilganligi munosabati bilan Britaniya Kengashi barcha IELTS imtihonlarini 2020 yilning 30 sentyabrgacha to'xtatib turadi. Biz vaziyatni diqqat bilan kuzatib boramiz va sizni yangiliklardan habardor qilib turamiz. Rasmiy veb-saytimizdagi yangiliklardan habardor bo`lishingizni so`raymiz.

Biz 30 sentyabrgacha hamma sessiyalariga ro'yhatdan o'tganlar uchun imtihon kunini bepul ko'chirib beramiz yoki 100% to'lov qaytariladi.

Kelgusi test sessiyalarda joylar soni cheklangan lekin biz sizni mavjud bo'lgan bo’sh o’rinlarga birinchilardan bo’lib ko’chiramiz. O'zingizga mos keladigan, qulay variantni tanlash uchun ushbu shaklni (havolani) to'ldiring.

Shuningdek, siz sinov to'lovingizni qaytarishni talab qilmoqchi bo`lsangiz, ushbu shaklni (havolini) to`ldiring.

Noqulayliklar uchun uzr so'raymiz, ammo talabalarimiz, mijozlarimiz va hamkasblarimizning salomatligi va hayoti haqida qayg’uramiz. 

Iltimos, Jahon Sog'liqni Saqlash tashkilotining so'nggi maslahatlariga rioya qiling.