Win IELTS Prize

IELTS - butun dunyo ta’lim muassasalari va universitetlari tomonidan tan olingan testdir. Endilikda sizning akademik imkoniyatlaringiz yanada ortadi. O'zbekistondan yetti nafar omadli IELTS imtihoni topshiruvchilariga akademik orzularini ro'yobga chiqarish uchun 3000 funt sterling miqtorida pul mukofot beriladi.

2021 IELTS sovrini O'zbekistonda istiqomat qiluvchi IELTS imtihoni topshiruvchilariga ochiq.

Arizalarni 2021 yil 30-sentyabrgacha topshirish lozim.

Shartlar

Tanlovda ishtirok etish uchun:

  • 18 va undan katta yoshda bo'lishi
  • O'zbekiston fuqarosi bo'lishi
  • 2020 yil 1 maydan 2021 yil 15 sentyabr mobaynida IELTS imtihonini Britaniya Kengashida topshirgan bo'lishi va arizada kerakli balni taqdim etishi lozim.
  • IELTS imtihonidan umumiy 5.5 yoki yuqori balni qo'lga kiritgan bo'lishi
  • qabul jarayonida IELTS imtihoni sertifikatini talab qilayotgan dunyoning istalgan ta'lim muassasasiga murojaat qilgan bo'lishi
  • 2022/23 o'quv yilida bakalavriat yoki aspiranturada o'qishni boshlashi
  • 2022 yil 30-sentabrga qadar universitet ma'muriyatidan qabul xati taqdim etilishi lozim.

Agar siz hali IELTS topshirmagan bo'lsangiz - hoziroq ro'yxatdan o'ting!