Ro’yhatdan o'ting

Siz IELTS imtihoniga biz bilan online ro’yhatdan o’tishingiz mumkin.

Ro’yhatdan o’tishdan avval

Ro’yhatdan o’tish vaqtida yoningizda pasportingiz ham bo’lsin, chunki, uning nushasini yuklashingiz kerak bo’ladi. Yodingizda bo’lsin, 18 yoshga to’lmagan imtihon topshiruvchilar ota-onalari yoki vasiy shaxs tomonidan dalolatnoma berishlari kerak.

Test formati, savollar turlari va imtihon natijasi va boshqa turli savollarga javoblarni o’z ichiga olgan Information for Candidates bukletini yuklab oling va o’qib chiqing. Esingizda bo’lsin, 16 yoshga to’lmaganlarga IELTS imtihonini topshirish tafsiya etilmaydi.

Imtihon uchun to’lang. Siz imtihon uchun onlayn registratsiya sistemasi yoki bank pul o’tkazmasi orqali to’lashingiz mumkin. Kvitansiyaning To’lov maqsadi degan joyda IELTS/ familiyangiz/ism/shahar/ test sanasini yozing. Test narxi haqida ma'lumot olish uchun bizning online ro'yxatdan o'tiladigan sahifaga kiring. 

To’lov ro’yxatga o’tilgandan so’ng, besh ish kunida qilinishi shart. To’lov quyidagi bank raqamlariga, O’zbekiston Respublikasida joylashgan barcha banklardan qilinishi mumkin:

Hissob nomi: Britaniya Kengashi Ofisi

INN: 207066588

Bank nomi: KDB Bank O’zbekiston, Yunusobod filiali

Hissob raqami: 20296000204844754001

Bank kodi: 00831 

Online to’lov Britaniya Funtida ro’yxatdan o’tish jarayonida qilinishi kerak. Hozirda biz Visa va MasterCard larnigina qabul qilamiz. Chet elda ochilgan Visa va Mastercard to’lovga qabul qilinadi. Iltimos, ko’proq ma’lumot uchun biz bilan bog’laning.

Agar siz to’lovni bizning bankimizda qilmoqchi bo’lsangiz ("KDB Bank O’zbekiston" AJ Toshkent shaxar, Yunusobod filiali, Minor 77, Telefon 120-61-41) iltimos quyida so’ralgan xujjatlarni olib kelish yoddan chiqmasin.  

To’lov o’tkazmalari naqt pulda

"KDB Bank O’zbekiston" AJ, Yunusobod filiali pul to’lovlarini qabul qilishi soat 9.30 dan 16.00 gacha qabul qiladi ( tushlik soat 14.00 dan 15.00gacha)  va to’lovchidan pasportining asl nusxasi talab qilinadi. 

Agar imtihon topshiruvchini o’rniga boshqa shaxs to’lov qilayotgan bo’lsa, to’lovchining passport nusxasi bankga taqdim etilishi talab qilinadi. 

Pul o’tkazmalari plastic kartalar orqali O’zbek so’mida

"KDB Bank O’zbekiston" AJ, Yunusobod filiali plastic kartada pul to’lovlarini so’mda qabul qilishi soat 9.30 dan 16.00 gacha qabul qiladi ( tushlik soat 14.00 dan 15.00gacha)  va to’lovchidan pasportining asl nusxasi talab qilinadi. 

Agar imtihon topshiruvchini o’rniga boshqa shaxs to’lov qilayotgan bo’lsa, to’lovchining passport nusxasi bankga taqdim etilishi talab qilinadi.

To’lov o’tkazmalari oyning oxirgi kunlarida.

Oyning keyingi ish kunida Bank DUET plastik kartalari bo'yicha IELTS imtihonini so'mda soat 13:00 gacha qabul qilish bo'yicha xizmatlar ko'rsatadi. Bank, DUET plastic kartalari orqali  oyning so'nggi ish kunida pul mablag'larini qabul qilish bo'yicha xizmat ko'rsatmaydi.

Shuni yodda tuting, agar oyning oxirgi kuni ish kuni bo'lgan bo'lsa, bank oyning birinchi ish kunida plastik kartochkalar yoki naqd pullar orqali to'lovlarni amalga oshira olmaydi.

To’lovni amalga oshirganingizdan keyin, to’lov qog’ozini kerakli hujjatlar bilan info@britishcouncil.uz elektron pochtasiga yuboring.

IELTS imtihoni tasdig’i 

Ro’yhatdan o’tish nihoyasiga yetgach, sizga imtihon sanasi va o’tkazish joyi haqida ma’lumot berilgan tasdiq habarini olasiz. 

Sizning Speaking imtihoningiz boshqa qismlar bilan bir kunda, yetti kun avval yoki, keyingi haftada bo’lishi mumkin. Test markazi Speaking imtihoni o’tkaziladigan kun haqida habar yuboradi.

Ro’yhatdan o’tgandan keyin, bepul onlayn kurs Road to IELTSga kirishga imkon beruvchi kirish kodlarini o’z ichiga olgan avtomatik habar olasiz.  

Sizga yana Imtihon topshiruvchi portaliga kirish uchun IELTS Reference nomerini olasiz. Ro’yhatdan o’tish vaqtida elektron pochta manzilini to’g’ri kiritganingizga ishonch hosil qiling.

In this section