Online teaching resources
Online teaching resources image

Ingliz tilini o'qitish bo’yicha bepul manbalar

Agar siz ingliz tili o'qituvchisi yoki ELT mutaxassisi bo'lsangiz, Britaniya Kengashi sizning faoliyatingizni qo'llab-quvvatlash uchun juda ko'p bepul manbalarga ega.

Siz:

  • bepul dars rejalari va o'quv materiallarini yuklab olishingiz mumkin;
  • kasbiy rivojlanish, anjumanlar va malakalar bo'yicha maslahat, maqola va ma'lumotlarni olishingiz mumkin;
  • munozara guruhlariga qo'shilib, o'quv materiallaridan foydalanishingiz mumkin.

Ko'proq ma'lumotni bizning Ingliz tilini ta’lim berish veb-saytimizdan toping yoki turli bo'limlarni ko'rib chiqish uchun quyida keltirilganlarga qarang.

O’qitish uchun resurslar

Agar siz ish bilan band bo’lgan ingliz tili o'qituvchisi yoki murabbiyi sifatida, dars berishiningiz uchun ko’mak va o’quv materiallarini axtarayotgan bo’lsangiz, biz sizga Britaniya Kengashining veb-saytida mavjud bo’lgan o'qituvchilar uchun bepul materiallarni to'plashda yordam bera olamiz. Bizning o'quv resurslarimiz haqida ko'proq ma'lumot oling.

Dars rejalari

Bizning dars rejalarimiz sizning dars berishingizda ishlatilishi mumkin bo'lgan bir qator mashg’ulotlarni, shu jumladan yuklab olish uchun tartibot va yozma ish varaqalarini taqdim etadi. Agar siz o’quv materiallarini izlayotgan ingliz tili o'qituvchisi bo'lsangiz, Britaniya Kengashi sizga muntazam ravishda yangilanib turadigan dars rejalari va o’quv materiallari bilan yordam berishi mumkin. Dars rejalari haqida ko'proq ma'lumot oling.

Sinf mashg’ulotlari

Agar siz o’quv materiallarini izlayotgan ingliz tili o'qituvchisi bo'lsangiz, biz sizga muntazam ravishda yangilanib turadigan sinf mashg’ulotlari bilan yordam bera olamiz. Sinf mashg’ulotlari haqida ko'proq ma'lumot oling.

Ingliz tilini maqolalar orqali ta’lim berish

Agar siz ingliz tili o'qituvchisi bo'lsangiz va o'qitish metodikasi va amaliyoti haqidagi tushunchangizni rivojlantirishni istasangiz, TeachingEnglish maqolalari tajribali o'qituvchilar va ELT mutaxassislari tomonidan doimiy ravishda yangilanib turadigan materiallarni taklif etadi. Bizning TeachingEnglish maqolalarimizni o'qing.

Ingliz tilini o'qitishda adabiyotlardan foydalanish

Agar siz adabiyot asosida tayyorlangan materiallarni izlayotgan bo'lsangiz, biz sizga matnlar, mashg’ulotlar va tinglash materiallari bilan yordam berishimiz mumkin. O'qituvchilarga sinfda adabiyotlardan foydalanishda yordam beradigan resurslarimiz haqida ko'proq bilib oling.

Pedagogik tayyorlov

Biz boshlang'ich va o'rta ta'lim, o'quv texnologiyalari va boshqa ko'plab fanlarni qamrab oladigan bir qator o'qituvchilar malakasini oshirish kurslarini taklif etamiz. Pedagogik tayyorlov haqida ko'proq ma'lumot oling.