Ta'lim yo'nalishidagi faoliyatimiz xalqaro ta'limga qaratilgan bo'lib, Buyuk Britaniyaning ushbu boradagi tajriba va innovatsiyalarini butun dunyo bo'ylab o'rtoqlashish hamda hamkorlikdagi loyihalar ustida ishlash uchun ta'lim hamkorlarini birlashtirishga qaratilgan.
Jamiyat yonalishidagi faoliyatimiz fuqarolar va muassasalarga dunyoni yanada inklyuziv, ochiq va farovon dunyoga aylantirishga o'z xissalarini qo'shishda yordam beradi va mahalliy masalalarni ijtimoiy harakatlardan tortib, xilma-xillikka va yoshlik masalalariga qadar bo'lgan global mavzularga bog'laydi.
Biz yoshlar va ijtimoiy tadbirkorlik, teng imkoniyat va xilma-xillik, migratsiya, ijtimoiy integratsiya va hamkorlik kabi sohalarda tajriba beruvchi mahalliy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda dasturlarni amalga oshirmoqdamiz.