IELTS Imtihon oluvchilar
Britaniya Kengashi IELTS imtihon oluvchilarini ishga taklif etadi.
Biz Toshkent shahridagi va viloyatlardagi IELTS Speaking (og’zaki) imtihonlari bo'yicha shtatdan tashqari jamoamizga qo'shilish uchun malakali va tajribali ELT (English Language Teaching) mutaxassislarini qidirmoqdamiz.
Britaniya Kengashida ishlash sizga zamonaviy, global miqiyosdagi ta’sir doirasiga ega jadal rivojlanayotgan tashkilotda tajriba va mahoratga egasi bo’lishingizga imkoniyat beradi.
Details
Working hours | Moslashuvchan |
---|---|
Closing date | seshanba 01 March 2022 |
Role overview
Muvoffaqiyatli nomzodlar yirik imtihon jamoasining a’zosiga aylanadilar va mamlakatimizning turli viloyatlarida Britaniya Kengashi IELTS testining og’zaki qismidan bo’lib o’tadigan imtihonida qatnashadilar. Imtihon oluvchilar Britaniya Kengashi talablariga mos ravishda imtihon o’tkazadilar, ya’nikim mijozlar bilan ishlash talablarini yuqori qo’ygan holda.
Talablar:
- Bakalavr yoki magistr darajasiga yoki taqdim etilishi mumkin bo’lgan magistr darajasiga teng etiladigan ma’lumot
- Ingliz tilini boshqa millat vakillariga o’qitish to’g’risidagi tan olingan sertifikat (TESOL) yoki bunga teng keladigan tan olingan universitet kursi ma’lumoti
- Kamida 3 yillik to’liq stavkali (shunga teng bo’ladigan yarim stavkali) Ingliz tilini boshqa millat vakillariga o’qitish (TESOL) ish tajribasiga ega bo’lishi (sertifikat olgandan keying kamida 1 yillik tajriba). Ushbu o’qitish tajribasining aksariyat qismi (16 yosh va undan yuqori) katta yoshdagilarga tegishli bo'lishi kerak
- Talab etilgan professional fazilatlar va muomala madaniyati
- Dushanbadan Shanbagacha, haftaning ba'zi kunlarida yoki barcha kunlarida, vaqti-vaqti bilan viloyatlarga borish va og’zaki (IELTS Speaking) imtihon olish imkoniyatiga ega bo’lish
- O’zbekiston hududida ishlash huquqiga egalik
- Samarali imtihon olish uchun, imtihon oluvchilar tajribali bo’lishlari kerak, ya’ni IELTS testining umumiy suhbat darajasi 9.0 ballga ega bo’lishi kerak. Arizachilardan IELTS testining umumiy suhbat darajasi 9.0 bo'lgan IELTS sertifikatini topshirish talab qilinishi mumkin.
How to apply
Appendix 3: Ariza formasini to’ldiring, murabbiyingizdan Appendix 5: Letters to Refereeni to'ldirib berishlarini so'rang va to'ldirilgan hujjatlarni elektron pochta orqali exams.recruitment@britishcouncil.org manziliga yuboring. Elektron xat sarlavhasida “IELTS Examiner” jumlasini yozishni unutmang
Suhbat/intervyuga faqatgina birinchi saralashdan o’tganlar taklif etiladi.
Ishga olish jarayoni:
Ariza topshirganlarning professional fazilatlari va muomala madaniyatini tekshirish uch bosqichda amalga oshiriladi: ariza shakli/formasi, suhbat va tayyorlov bosqichlariga qarab. Barcha arizachilar yuqorida ta’kidlangan malaka va tajribaga ega bo’lishlari kerak.
Suhbat/Intervyu:
Ariza topshirganlarning yakuniy/qisqa ro’yhati tayyorlanadi. Muvofaqiyatli arizachilar suhbat/intervyuga chaqiriladi.
Tayyorlov:
Tanlab olingan arizachilar imtihon oluvchilar (Examiner Trainer) tomonidan o’tkaziladigan to’rt kunlik tayyorlov mashg’ulotini o’taydilar.
Guvohnoma berish/Sertifikatlash:
Nomzodlar baholash mezonlarini to'g'ri va ishonchli qo'llashlari mumkinligini namoyish etish uchun sertifikatlashtirish jarayonidan o’tadilar.
*Kasbiy minimal talablar va ariza shakli haqida ko'proq ma'lumot olish uchun quyidagi manzilga murojaat qilishingiz mumkin:
Margarita Zinurova
O’zbekiston Britaniya Kengashi
107B, A. Temur ko’chasi.
Toshkent, O’zbekiston
Email: exams.recruitment@britishcouncil.org
Telefon: +998 71 205 0660 ext. 2110
Markaz aloqa vositalari:
Email: info@britishcouncil.uz
Telefon: +998 71 205 0660
Ariza topshirishning so’nggi muddati: 01.03.2022
Tayyorlov mashg’ulotlari va guvohnoma berish/sertifikatlashning dastlabki davri: Aprel, 2022, Toshkent