Date
payshanba 23 July 2020 - 18:00 to 19:00
Location
YouTube LIVE sessiya

Creative Spark: “Tadbirkor bilan suhbat” onlayn sessiya davomida tinglovchilar O`zbekistondan bo`lgan muvaffaqiyatli tadbirkorlar bilan tanishib boradilar, bunda tadbirkorlar: 

  • o`zlarining tadbirkorlik sohasidagi tajribalari bilan o`rtoqlashadilar 
  • barqaror va o`ziga xos biznes tashkil qilish bo`yicha o`z fikrlari bilan o`rtoqlashadilar 
  • biznes muvaffaqiyatini baholash va uning muvaffaqiyatli ekanini qanday bilish haqida o`z fikrlarini bildiradilar  
  • liderlik nima ekanligi haqidagi fikrlari bilan bo`lishadilar: murakkab vaziyatlarda boshqaruv, asosiy liderlik sifatlari va korporativ madaniyatda uning ahamiyati haqida 
  • yosh tadbirkorlarga o`z bizneslarini boshlash haqida maslahatlarini beradilar 
  • O`zbekistonda keying besh yilligidagi biznesning rivojlanish trendlari haqida fikr yuritadilar

O`zbekistondagi oliy ta`lim talabalari va tadbirkorlarini  birlashtiradigan Creative Spark sessiyasining birinchi vebinari bo`lib, u jonli ravishda onlayn tashkil etiladi. 

Taklif etilganlar haqida:

Dinara Dultaeva

Dinara Dultaeva O`zbekistondagi eng ilg`or jamoatchilik bilan aloqa o`rnatish bo`yicha mutaxassis hisoblanadi. U Dinara&Co agentligi va nashriyot uyining asoschisi bo`lib, uning agentligi orqali bir qancha O`zbekistondagi ilg`or kompaniyalar o`zlarining imijlarini yaxshilashga oid maqsadlariga erishganlar. 

2018 yildan beri Davlat Turizmini rivojlantirish qo`mitasi tomonidan tashkil etilgan Milliy PR markazi raisi bo`lb, O`zbekiston imijini dunyoga tanitish bo`yicha bir qancha ishlarni amalga oshirib kelmoqda. U “Visit Uzbekistan” jurnalining asoschisi va bosh muharriri bo`lib, bu sayyohlar uchun mamlakatning investitsion va turistik salohiyatini keng targ`ib qiladigan ilk jurnal hisoblanadi. Uning xalqaro miqyosda muvaffaqiyatga erishgan loyihalaridan biri “O`zbekistonga tashrif buyurishning 10 sababi” nomli jurnal bo`lib, bu jurnal ilk bosqichda Londondan chop etildi va Yelizavetta II Qirolichasi minnatdorchilik xati yubordi.   

Dinara shu bilan birga O`zbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisining maslahatchisi bo`lib, bir qancha yangi media loyihalarni amalga oshirish va brendlar bilan hamkorlikni yo`lga qo`yishga ko`mak bergan.

Dinara, oldinroq President matbuot bo`limida stajor sifasida o`z faoliyatini boshlagan, hamda u yerda “O`zbekiston buyuk kelajak sari” davlat nashri loyihasi guruhida faoliyat yuritgan. Keyinchalik, u Markaziy saylov komissiyasining Vazirlar Mahkamasining matbuot bo`limida faoliyat yuritgan. 2008 va 2013 yillarda mamlakatning yirik san`at va madaniya sohasining vakili bo`lgan.

Dinara jurnalist bo`lib, Chivning Granti asosida Kardif universitetini (Cardiff University) tamomlagandan so`ng, 2015 yil Dinara&Co  kompaniyasini tashkil etishdan oldin “Economic Review” jurnalining biznes bo`limida muharrir bo`lib ishlagan. 

Ulugbek Hojiahmedov

Ulugbek Compass Consulting MChJ konsalting kompaniyasining  asoschisi bo`lib, 2007 yildan beri boshqaruv direktori vazifasida faoliyat yuritib kelmoqda. AQShdagi MBA dasturini tugatgandan so`ng, tadbirkorlik va investitsiyalar bo`yicha tajriba ortirib, O`zbekistondagi kompaniyalarining o`sishi va muvaffaqiyatli bo`lishiga yordam berish maqsadida konsalting biznesini yo`lga qo`yishga qaror qiladi. 

Hozirgi kunda, Compass Consulting MChJ O`zbekistondagi yetakchi mahalliy konsalting kompaniyasi bo`lib, o`z kasbiga sodiq menejment va konsalting bo`yicha xalqaro darajadagi mutaxassislar faoliyat yuritadi. 

Ulugbek va uning komandasi samarali strategiya va tizimlarni yo`lga qo`yish orqali mijozlarning xalqaro talablarga javob bera oladigan biznesini yo`lga qo`yishga yordam beradi. O`zbekiston brend va kompaniyalarining dunyo miqyosida tan olinishi va hurmat qilinishiga erishish ularning asosiy maqsadi hisoblanadi. 

Murad Buildings, SAG, Ideal Garments, Ermak, Credit Asia, Yaponamama, Les Ailes kabi bir qancha ilg`or kompaniyalar bilan hamkorlikni yo`lga qo`ygan. 

Jamilya Gulyamova, Moderator

Jamilya O`zbekistondagi Britaniya Kengashida direktor o`rinbosari lavozimida faoliyat yuritadi va tashkilotda 2001 yildan boshlab ishlab kelmoqda. U Lingvistika va til o`qitish bo`yicha doktorlik darajasiga ega bo`lib, O`zbekiston Chel Tillari Insitutida Ingliz tili bo`lim boshlig`i va O`zbekiston Bank va Moliya Akademiyasida katta o`qituvchi lavozimlarida faoliyat yuritgan.

1996 yil u O`zbekiston Ingliz Tili Asotsiatsiyasiga asos soldi. Jamilya bir qancha keng qamrovli va murakkab mintaqaviy, milliy va xalqaro loyihalarni olib borishda katta tajribaga ega.