Britaniya Kengashi 20 yildan ortiq vaqt davomida ACCA bilan hamkorlik qilib, butun dunyo boʻylab imtihon xizmatlarini koʻrsatib keladi. 2022-yil sentabr oyidan boshlab ACCA Britaniya Kengashiga Oʻzbekistonda Talab boʻyicha kompyuterga asoslangan ACCA ni (ACCA CBE on Demand) oʻtkazish vakolatini berdi. Biz imtihonlarni yaxshi oʻtkazish uchun nomzodlar uchun qulay imtihon joylari va yuqori sifatli kompyuter uskunalarini taqdim etamiz.

Afzalliklar

  • Qulaylik: Britaniya Kengashining Test Markazi Toshkentning markazida joylashgan. Qulay transport mavjud.
  • Talab boʻyicha: Imtihon sessiyalari har hafta taqdim etiladi. Imtihon jadvali sessiya imtihonlariga qaraganda ancha moslashuvchan.
  • Moslashuvchanlik: Necha marta CBE imtihoniga kirish boʻyicha hech qanday cheklov yoʻq.
  • Tez: Natijalaringiz imtihon oxirida kompyuter ekranida koʻrsatiladi, shuning uchun siz oʻtganligingizni darhol bilib olasiz.
  • Darhol: Natijalaringiz 72 soat ichida ACCA hisobingizga yuklanadi.

Oʻtkazish usuli 

  • Ikki soat davom etadi 
  • 50ta savol 
  • Baho foiz sifatida beriladi 
  • Oʻtish bahosi 50%

Savollar va baholar 

Savollar turlari 

  • Ko‘p variantli: variantlar ro‘yxatidan bitta javobni tanlang.
  • Bir nechta javob: taqdim etilgan variantlardan bir nechta javobni tanlang.
  • Bir nechta javoblarni moslashtirish: har bir bayonot uchun mos javobni tanlash orqali bir nechta bogʻliq bayonotlarga javob bering.
  • Raqamni kiritish: savolga raqamli javobni kiritish.

Savollar har biri birdan ikki ballgacha baholanadi 

  • FA1 va MA1: faqat ko‘p variantli savollar, har bir savol uchun 2 ball.
  • FA2, MA2, FBT, FMA, FFA , BT, MA, FA, LW-ENG va LW-GLO: ko‘p variantli, bir nechta javob, bir nechta javoblarni moslashtirish va raqamlarni kiritish savollari

 

Imtihon sanalari

Imtihon sanalari
03.04.2024
13.04.2024
17.04.2024
27.04.2024
01.05.2024
11.05.2024
15.05.2024
25.05.2024
29.05.2024
08.06.2024
12.06.2024
22.06.2024
26.06.2024
06.07.2024
10.07.2024
20.07.2024
24.07.2024
03.08.2024
07.08.2024
17.08.2024
21.08.2024
31.08.2024
07.09.2024
11.09.2024
21.09.2024
25.09.2024
05.10.2024
09.10.2024
19.10.2024
23.10.2024
02.11.2024
06.11.2024
16.11.2024
20.11.2024
30.11.2024
07.12.2024
11.12.2024
21.12.2024
25.12.2024

* Esda tutingki, har bir sessiya uchun ro‘yxatdan o‘tishning cheklangan kvotasi bor, birinchi ro‘yxatdan o‘tganlar birinchi qabul qilinadi.

Fanlar

ACCA malakasi 

  • Biznes texnologiyasi (BT)
  • Boshqaruv buxgalteriyasi (MA)
  • Moliyaviy buxgalteriya (FA)
  • Korporativ va tadbirkorlik huquqi (LW-ENG) & Korporativ va tadbirkorlik huquqi (LW-GLO)

Buxgalteriyaga tayyorgarlik

  • FA1 Moliyaviy operatsiyalarni qayd etish
  • MA1 Boshqaruv ma‘lumotlari
  • FA2 Moliyaviy yozuvlarni yuritish
  • MA2 Xarajatlar va moliyani boshqarish
  • FBT Biznes texnologiyasi
  • FMA Boshqaruv buxgalteriyasi
  • FFA Moliyaviy buxgalteriya
  • IFB Moliya va tadbirkorlik bilan tanishtirish

     

    (Introduction to Finance and Business)

 

Ro‘yxatdan o‘tish tartibi

Roʻyxatdan oʻtishdan oldin ACCA CBE on Demand Candidate Sheet ni yaxshilab oʻqib chiqing. 

Onlayn roʻyxatdan oʻtish boʻyicha koʻrsatmalar

  1. Shakllarni toʻldirish: Ariza shaklini yuklab oling va toʻldiring. Shundan soʻng uni Word yoki PDF formatida saqlang va faylni info@britishcouncil.uz manziliga yuboring
  2. Shakllarni koʻrib chiqish: Sizning arizangiz imtihonni tasdiqlash guruhimiz tomonidan ishlanadi.
  3. Toʻlovlarni amalga oshirish: Siz onlayn bron qilish tizimimiz orqali, bankda naqd pulda, Payme, Click, Apelsin kabi onlayn toʻlov dasturlari yoki Demand Draft orqali toʻlashingiz mumkin.
  4. Arizangiz tasdiqlangandan soʻng sizga elektron pochta orqali toʻlov xabarnomasi keladi.
  5. Iltimos unutmang, toʻliq toʻlov olinmaguncha imtihonlarga KIRITILMAYSIZ.
  6. Arizani qabul qilish: Toʻliq toʻlovni olganimizdan soʻng, biz sizning imtihonlaringizni tashkil qilishga kirishamiz. Imtihon haqidagi ma’lumotlar (jumladan, imtihon sanalari, vaqti va o‘tkaziladigan joy haqidagi ma’lumotlar va h.k.) onlayn ro‘yxatga olish tizimida taqdim etiladi.
  7. Roʻyxatdan oʻtishni tugatish: Imtihonga roʻyxatdan oʻtish muvaffaqiyatli yakunlandi. Toʻlovni yakunlash toʻgʻrisidagi xat sizga yuboriladi.
  8. Iltimos, registratsiya imtihon kunidan 2 (ikki) kun oldin yopilishini inobatga oling.

Imtihon kuni 

  • Nomzodlar har bir imtihon boshlanishidan kamida 30 daqiqa oldin o‘tkaziladigan joyga kelishlari kerak.
  • Nomzodlar ro‘yxatdan o‘tishda foydalanilgan pasportni olib kelishlari kerak. Agar 18 yoshgacha bo‘lgan nomzodlar imtihonlar tugagandan so‘ng olib ketilishi kerak bo‘lsa, ota-onalar (lar), vasiylar (lar), boshqa vakolatli shaxslar (lar) Voyaga etmagan nomzodning roziligi shaklini (18 yoshdan kichik) nazoratchilarga taqdim etishlari kerak.
  • Nomzodlar imtihon xonasiga o‘quv qurollarini olib kirishlari mumkin. Mobil telefonlar, kitoblar, lug‘atlar, qog‘ozlar yoki boshqa qurilmalarga ruxsat berilmaydi, muayyan fan uchun ruxsat berilishi bundan mustasno.

 

 

 

To‘lovlar va to‘lov shartlari

Foundations in Accountancy

  • Recording Financial Transactions — 1,377,000 UZS
  • Management Information — 1,377,000 UZS
  • Maintaining Financial Records — 1,377,000 UZS
  • Managing Costs and Finance — 1,377,000 UZS
  • Foundations in Business and Technology — 2,008,800 UZS
  • Financial Accounting — 2,008,800 UZS
  • Management Accounting — 2,008,800 UZS

CBE exams for ACCA Qualification:

  • F1 – Business and Technology (BT) — 2,008,800 UZS
  • F2 – Management Accounting (MA) — 2,008,800 UZS
  • F3 – Financial Accounting (FA) — 2,008,800 UZS
  • F4 – Corporate and Business Law (LW) — 2,494,800 UZS
  • Introduction to Finance and Business (IFB) — 2,494,800 UZS

 

Barcha to‘lovlar imtihon sanasidan 5 ish kuni oldin to‘lanishi kerak.

MUHIM: To'lov maqsadida imtihon sanasi ko'rsatilishi kerak.

O'zbekiston so'mida ko'rsatilgan narxlar angliya funtsterling kursiga bog'langan.

Iltimos unutmang, to‘liq to‘lov olinmaguncha imtihonlarga kiritilmaysiz.

To'lov quyidagi bank rekvizitlariga O'zbekiston Respublikasining istalgan banki orqali amalga oshirilishi mumkin:

Akkaunt nomi: The British Council Office;

Bank nomi: KDB Bank Uzbekistan Head Office;

INN: 207066588;

Akkaunt raqami (hisob raqami): 2029 6000 9048 4475 4001;

MFO: 00842

Biz bank hisob raqamiga to'lovlarni quyidagi to'lov usullari bilan qabul qilamiz:

  • to'lovni Payme, Click yoki Apelsin ilovalari orqali o'tkazish.
  • bankdan bevosita debet o'tkazish
  • naqd pulda (bank kassasida)

Yuqoridagi to'lovni amalga oshirish uchun siz ma’lumot raqamingizni tegishli kvitansiya maydonida ko'rsatishingiz kerak.

Imtihon uchun chet eldagi hisobdan yoki Visa kartochkasi orqali bizning AQSh dollaridagi hisobimizga to’lov qilishingiz mumkin. 

KDB Uzbekistan CJSC Yunus Abad branch 

The British Council Office    

Account 2029 6840 0048 4475 4001 

Bank code 00831 

SWIFT code KODBUZ22 

INN 207066588

 

 

 

 

 

To‘lovni qaytarish va bekor qilish

To'lovni qaytarish va bekor qilish haqida batafsil ma'lumot, ushbu sahifa tagida biriktirilgan 'ACCA on Demand Refund or Test Day Transfer Form' hujjatida mavjud.

Natijalar

Nomzodlar imtihon tugagandan so'ng vaqtinchalik natijalarni olishadi (ikkita bosma nusxa).

Nomzod natijalari imtihondan keyin 72 soat ichida ACCA ma'lumotlar bazasiga yuklanadi.